Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Rossiyaning Vladimir viloyatida yuz bergan yöl-transport hodisasi oqibatida halok bölganlar va jabrlanganlarni Mudofaa vazirligi samolyotida Vatanga qaytariş böyiça hukumat komissiyasini tuziş haqida körsatma berdi. Bu haqda Özbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lum qilgan.
Ma'lum qilinişiça, Özbekiston hukumati YTH oqibatida halok bölganlarning oila a'zolari va jabrlanuvçilarga barça zarur yordamni körsatadi.
Özbekiston Taşqi işlar va Içki işlar vazirliklari YTHga uçragan fuqarolarning şaxsini aniqlaş böyiça tegişli işlar olib bormoqda.
Ayni vaqtda fojia oqibatida halok bölganlarning jasadlarini va omon qolgan Özbekiston fuqarolarini vatanga keltiriş uçun maxsus bort Rossiyaga uçib ketdi. Samolyotda bir guruh tibbiyot xodimlari ham jönab ketgan.













