Ayni paytda Vladimirdagi şifokorlar Rossiyaning uşbu viloyatida röy bergan YTHda jabrlangan ikki yoş bolaning hayoti uçun kuraşmoqda. Bu haqda viloyat gubernatori Svetlana Orlova xabar bergan.

6 oktabrga ötar keçasi Vladimir viloyatining Petuşinskiy tumanida, Pokrovka stansiyasi yaqinidagi temir yöl kesişmasida avtobus va "Sankt-Peterburg — Nijniy Novgorod" yönalişidagi poyezd töqnaşib ketdi. Eng sönggi ma'lumotlarga köra, 19 kişi halok böldi, şu jumladan bir bola. Voqea sodir bölganidan keyin beş kişi kasalxonaga olib ketildi, ularning tört nafari jonlantiriş bölimida.

"Sönggi ma'lumotlar. Ikki nafar bola – ikki va uç yoşda. Ularni Vladimirga jönatib yubordik. Boş miya jarohati, içki qon ketişi yöq. Şifokorlar ularning hayoti uçun kuraşmoqda. Ikki kişi Petuşkidagi şifoxonada, birini Vladimirga olib boramiz. Yana bir insonga yordam körsatildi, u kasalxonani tark etdi", - deya aytib ötgan Orlova "Rossiya 24" telekanali efirida.

Rossiya FVV YTH tufayli oğir jarohatlanganlarni olib ketiş uçun ikkita Mi-8 vertolyotini tayyorlab qöydi.

Avvalroq Vladimirga qurbonlarning jasadlari va omon qolgan özbekistonliklarni olib keliş uçun maxsus bort yuborilişi xabar berilgandi.