Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaralarni 1 dekabrga qadar muvofiqlashtirishni rejalashtirmoqda
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev 2017 yilning 1 dekabrigacha O‘zbekiston va Qirg‘iziston umumiy chegaraning 217 kilometri bo‘yicha kelishib olishiga umid bildirdi.
Almazbek Atamboyevning eslatishicha, mamlakatlar chegaraning 85 foizini muvofiqlashtirib olishdi. U 1 dekabrga qadar qolgan 217 kilometr bo‘yicha ham hujjatlar imzolanishiga umid bildirdi. Atamboyevning qo‘shimcha qilishicha, tomonlar chegaraning 217 kilometridan 40 kilometri bo‘yicha kelishib olishgan.
Qirg‘iziston rahbari shunday degan: «O‘ylashimcha, noyabrda biz oxiriga yetkazilmagan ishlarni yakunlashga ulguramiz». Uning aytishicha, O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston chegarada yana bir nechta nazorat-o‘tkazish punktini ochishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
10:12 / 11.07.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida raqamli bojxona nazorati joriy etiladi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
11:20 / 01.07.2026