Rossiyaning Vladimir viloyatida avtobus hamda poyezd iştirokidagi YTHda Özbekistonning kamida 15 nafar fuqarosi halok böldi. Bu haqda RIA Novosti Vladimir viloyati gubernatorining matbuot kotibi Rita Şlyaxovaga asosan xabar tarqatdi.
Eslatib ötamiz, juma kuniga ötar keçasi Qozoğiston davlat raqamiga ega bölgan avtobus Vladimir viloyatidagi temir yölni kesib ötiş joyida poyezd bilan töqnaşib ketdi.

Qayd etilişiça, Mercedes rusumli avtobusda nosozlik yuz bergan. "Qozoğiston davlati raqamlari bölgan avtobusda Özbekiston fuqarolari ketayotgan bölişgan. Temir yölni kesib ötiş joyida avtobus töxtab qolgan. Avtobusdagi yölovçilar uxlayotgan bölişgan, ularning soni taxminan 50 kişi edi, haydovçi baqirgan, 34 kişi avtobusdan yugurib tuşişgan. Ular tirik qolişdi, avtobusning içida qolganlar halok böldi. Avtobus butunlay tiklab bölmas holatga kelgan", - degan Şlyaxova.


Şuningdek, Şlyaxovaning ma'lumotini Vladimir viloyati soğliqni saqlaş departamenti direktori Aleksandr Kiryuxin ham tasdiqladi.
Hozirda qutqaruvçilar omon qolganlarni Pokrovdagi madaniyat uyida vaqtinçalik joylaştiriş işlarini olib borişmoqda. "Ayni damda u yerda 34 kişi joylaştirildi. Ular bilan psixologlar iş olib bormoqda", - degan Kiryuxin.


Avvalroq hodisa oqibatida 16 kişi halok bölgani xabar berilgandi. Oxirgi xabarlarga köra, halok bölganlar soni 17 nafar, ularning ikki nafari qozoğistonlik haydovçilar.












