BMTning din va e'tiqod erkinligi masalasi böyiça maxsus ma'ruzaçisi Ahmad Şahid boşçiligidagi delegatsiya Farğona şahriga taşrif buyurdi. Viloyat milliy madaniy markazi hamda diniy konfessiyalar faoliyati bilan yaqindan tanişişdan boşlandi.  

Ahmad Şahid milliy madaniy markazlaridagi şaroitlar bilan tanişar ekan, turli millat vakillari iştirokida özaro suhbatlar ötkazildi.

Muloqotlar muqaddas dinimiz, milliy-diniy urf-odatlarimizni asrab-avaylaş mavzularida böldi. Albatta, yurtimizda bu boradagi amal oşirilgan va hozirda ham davom etayotgan işlar dunyo hamjamiyatining e'tiboridadir. Mamlakatimizda hukm surayotgan tinçlik-osoyiştalik, obodlik muhiti, xalqimiz farovonligi asosi ham millatlararo tenglik kafolatlanganidan.  

Taşrif davomida delegatsiya a'zolari iştirokida milliy madaniy markazlar rahbarlari bilan uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuvda davlatimiz rahbari tomonidan jamiyatda tinçlik va barqarorlikni mustahkamlaş, millatlararo totuvlik, diniy bağrikenglik  me'yorlarining amaliyotiga e'tibor yanada kuçaytirilgani e'tirof etildi.  

Şu kuni  BMT vakillaridan iborat delegatsiya   Buxoro viloyatiga jönab ketişdi.

Ahror Ziyo, Farğona