Bugun, 7 oktabr kuni Tojikiston Respublikasi prezidenti Imomali Rahmonning akasi Nuriddin Rahmon vafot etdi.
Tojikiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmatining xabar berişiça, Nuriddin Rahmon 67 yoşida yurak yetişmovçiligi tufayli hayotdan köz yumgan.
Prezident matbuot xizmatining ta'kidlaşiça, Nuriddin Rahmon Xatlon viloyatining Danğara tumanida tuğilgan va köp yillar mexanizator bölib işlagan. Sönggi vaqtlarda u «Rahmonjon» dehqon xöjaligiga rahbarlik qilib kelgan.
Tojikiston Respublikasi hukumati mamlakat rahbari Imomali Rahmonga akasining ölimi munosabati bilan ta'ziya bildirdi.
Marhum Danğarada dafn etilişi aytilmoqda.
Eslatib ötamiz, Tojikistonning uçinçi prezidenti Imomali Rahmon 5 oktabr kuni 65 yoşni qarşilagan edi.












