Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidentiga hamdardlik bildirdi
Foto: Zakon.kz
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Bosh vaziri o‘rinbosari Temir Jumaqodirovning yo‘l-transport hodisasi oqibatida bevaqt vafot etgani munosabati bilan Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atamboyevga hamdardlik maktubi yo‘lladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, davlat rahbarining maktubida «Mening samimiy ta'ziyamni qabul qiling hamda marhumning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik so‘zlarimni yetkazib qo‘yishingizni so‘rayman», - deyilgan.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Temir Jumaqodirov, uning yordamchisi va haydovchisi bugun YTH oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Xabar qilinishicha, ichida davlat mulozimi bo‘lgan Toyota Land Cruiser "KamAZ"rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
Mavzuga oid
20:10 / 25.05.2026
O‘zbekiston Qirg‘iziston ko‘mirining asosiy xaridori bo‘lib qolmoqda
12:00 / 25.05.2026
Qirg‘izistonda Starlink interneti ishga tushdi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
20:09 / 21.05.2026