2017 yilning 6 oktabr kuni Qirğiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyevning Özbekistonga davlat taşrifi va oliy darajadagi Özbekiston-Qirğiziston muzokaralari doirasida quyidagi ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Özbekiston TIV rasmiy saytida hujjatlar röyxati keltirilgan.
1. Özbekiston Respublikasi bilan Qirğiziston Respublikasi örtasida çegara hududida işonç çoralari böyiça Bitim.
2. Özbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirğiziston Respublikasi Hukumati örtasida Havo transporti qatnoviga xizmat körsatiş uçun javobgarlikni topşiriş töğrisida Bitim.
3. Özbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirğiziston Respublikasi Hukumati örtasida 1996-yil 4-sentabrda imzolangan xalqaro avtomobil qatnovi töğrisidagi Bitimga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi Bayonnoma.
4. Özbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirğiziston Respublikasi Hukumati örtasida Qirğiziston Respublikasining Jalolobod viloyati Olabuqa tumanida Orto-tokoy (Kosonsoy) suv omborining suv resurslaridan davlatlararo foydalaniş töğrisidagi Bitim.
5. Özbekiston Respublikasi «Özbekgidroenergo» AJ va Qirğiziston Respublikasi «Milliy energetika xolding kompaniyasi» OAJ örtasida Qambarota-1 GESini quriş sohasida hamkorlik töğrisidagi Memorandum.
6. 2017-2018 yillarda Qirğiziston Respublikasidan Özbekiston Respublikasiga elektr energiyasini yetkazib beriş töğrisida Şartnoma.

















