13:00 / 08.10.2017
99352

«Hammasini biryoqli qilaman!». Atamboyev Nazarboyev va mahalliy siyosatchilar manziliga qattiq so‘zlar aytdi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev 7 oktabr kuni davlat mukofotlarini topshirish marosimida mahalliy siyosatchilarni tanqid qilib, Qozog‘iston hukumatini mamlakatning sobiq prezidenti Kurmanbek Bakiyevni qo‘llashda aybladi. U shuningdek, 7 oktabr kuni yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgan bosh vazir o‘rinbosari Temir Jumaqodirovni o‘zining eng yaxshi shogirdlaridan biri sifatida eslagan.

«Yangi prezidentning saylovlariga faqat bir hafta qoldi, hamda men bu mavzuni chetlab o‘ta olmayman. Hukumat nopok saylovlar o‘tkazmoqchi ekani haqida ko‘plab g‘iybatlar tarqamoqda. Mening ko‘plab do‘stlarim halol saylovlar o‘tkazilishi uchun harakat qilib jabrlandi, ba'zilari halok bo‘ldi... Agarda men Temir Jumaqodirov kabi halok bo‘lmasam, hamma bilan ishni biryoqli qilaman, lekin saylovlar adolatli bo‘ladi», - dedi Almazbek Atamboyev.

Atamboyev: Jumaqodirov kabi halok bo‘lmasam, hamma bilan ishni biryoqli qilaman!

«Men Qozog‘iston hukumati bizga o‘z qarashlarini nima uchun o‘tkazishni istayotganini tushunaman. Ular Bakiyevni yaxshi ko‘radilar. Bakiyevlar Qozog‘istonda haligacha bayram kunlarini nishonlashadi. Men hatto Qozog‘istondagi eng yuqori mansabli shaxslardan Bakiyevlar odamlarni o‘qqa tutib, to‘g‘ri ish qilgani haqidagi gaplarni eshitdim. Sababi biz qozoq xalqiga yomon namuna bo‘lmoqdamiz. Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonning yalpi ichki mahsuloti Qirg‘izistonga qaraganda 8 barobar ko‘p ekanini aytib, to‘g‘ri gapirdi. Qozog‘istonning daromadlardagi o‘rtacha yalpi mahsuloti Qirg‘izistondan 10 barobarga ortiqdir. Nega unda Qozog‘istonda pensiyalar bu qadar yuqori emas va tariflar 5 barobarga qimmat? Chunki Qozog‘iston hukumati o‘g‘irlamoqda. Biz ham yomon misol bo‘lmoqdamiz, Atamboyev yomon misoldir»,  degan u qo‘shni davlat siyosati haqida.

Atamboyev Nazarboyevni keskin tanqid qildi

Youtube portalida Atamboyevning qirg‘izistonlik siyosatchilar Babanov, Torobayev, Bakiyev va Utemuratov haqida aytgan gaplari videosi joylashtirilgan.

Mavzu
Qirg‘iziston-Qozog‘iston munosabatlari

Qirg‘izistondagi prezidentlik saylovi arafasida Almazbek Atambayev qo‘shni davlat siyosatlarini bir necha marta qoralab chiqdi. Bunga javoban Qozog‘iston hukumati chegarada qirg‘izistonliklarni to‘xtatib qola boshladi

Barchasi
Mavzuga oid
Top