Italiya terma jamoasi sobiq yarimhimoyaçisi Andrea Pirlo futbolçilik faoliyatini yakunlaşga qaror qildi. Bu haqda Goal.com internet-naşri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga köra, 38 yoşli futbolçi dekabrda, «Nyu-York Siti» bilan şartnomasi nihoyasiga yetgaç, butsalarini mixga ilişga qaror qilgan.

«Vaqting kelganini tezda tuşunib yetasan. Senda har kuni jismoniy tayyorgarlik böyiça muammolar paydo böladi. Har doimgidek, özing xohlagandek şuğullana olmaysan, çunki senda qandaydir muammolar paydo bölaveradi.

Mening yoşimda yaxşisi töxtaş kerak. Sen heç qaçon 50 yoşga kirguningga qadar futbol öynay olmaysan. Yaxşisi boşqa biror iş bilan maşğul bölaman», – degan Pirlo.

Futbolçilik faoliyati davomida Pirlo Italiyaning «Breşiya», «Inter», «Rejjina», «Milan», «Yuventus» va AQŞning «Nyu-York Siti» jamoalarida töp surişga ulgurdi.

Andrea olti karra Italiya çempioni (ikki karra «Milan» va tört marta «Yuve» bilan ), ikki karra Italiya kubogi («Milan» va«Yuve» bilan bir martadan) va uç karra Italiya superkubogida («Yuve» bilan ikki marta, «Milan» bilan bir marta) zafar quçdi .

«Rossonerilar» tarkibida Pirlo ikki martadan YeÇL va UYeFA superkubogida ğalaba qozondi. 2007 yilda şuningdek klublar örtasidagi JÇda boş sovrinni qölga kiritdi.

2006 yilda u Italiya terma jamoasi bilan birga JÇ ğolibiga aylandi. 2012 yilda esa Italiya terma jamoasi bilan Yevropa çempionatida kumuş medal sohibiga aylangandi.