«Men tuşlikdan keyin biroz uxladim, keyin turib, ozgina PlayStation öynadim. Keçqurqun esa, jahon çempionatini yutib oldim. Yaxşi kun böldi» (Andrea Pirlo JÇ-2006 finali haqida)

Mirjalol Qosimov futbolni tark etganida, hammani bir savol öylantirib qöygan edi — endi uning örnini kim bosadi? Qosimov öziga şu qadar örgatib qöygan ediki, har qanday jamoada xuddi uning ampluasidagi, xuddi uning vazifalarini bajaradigan, u kabi jarima töpi tepadigan, u kabi aniq paslar uzata oladigan maestro bölişi şart deb öylarmidik, bilmadim. Aslida, jamoalar bir-biri bilan farq qilişini, aslida bir futbolçi yelkasiga bu qadar yuk qöyilmasligini bilmasmidik, bilmadim.

Misol uçun, Italiya terma jamoasi öyin uslubi şuni taqozo qiladimi yoki millat xarakteri şunaqami, ularda doim maydon markazida öyinni boşqaradigan, şeriklarining pozitsiyasini juda yaxşi öqiy oladigan, aqlli futbolçilar doim bölgan. Dimitrio Albertinidan keyin bu vazifa Andrea Pirloga topşirildi, bu futbolçi meni öziga şu qadar rom etgandiki, haligaça ba'zi saytlardagi «nik»im Pirlo nomi bilan boğlangan.

Bu hayrat qaçon boşlangan aniğini bilmayman. Balki, «Milan» libosida paydo bölib, yoşiga xos bölmagan tarzda aqlli töp uzatişlarini amalga oşira boşlaganda e'tibor qaratgandirman.

Balki sal keyinroq, Germaniyada ötgan jahon çempionati yarim finalining qöşimça bölimlarida, töpni uzoq muddat özida uşlab qolib, göyoki imkonsiz qolayozgan vaziyatda, Fabio Grossoga zargarona töp oşirganda qoyil qolgandirman.

Balki undanam keyinroq, öz vaqtida jahon çempioni va Çempionlar Ligasini yutgan yulduz bölsa-da, «Milan» uni çiqitga çiqarayotganida bir oğiz söz demay, «Yuventus»ga borib, öz işini davom ettirganida tan bergandirman.





















