Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston YTHda halok bo‘lgan bosh vazir o‘rinbosari bilan vidolashdi
Foto: President.kg
Qirg‘iziston yo‘l-transport hodisasida hayotdan ko‘z yumgan bosh vazir o‘rinbosari Temir Jumaqodirov bilan vidolashdi. YTH oqibatida vafot etgan Jumaqodirov vatani uchun juda ko‘p ishlar qilishga ulgurdi. Respublika prezidenti Almazbek Atamboyev hukumat raisi o‘rinbosarini dafn qilish marosimida marhum faoliyatiga shunday baho berdi.
"U mamlakatning kelgusi yetakchilaridan biri edi, ammo u vatani uchun korrupsiya bilan kurash, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni isloh qilishda juda ko‘p ish qildi", - degan Almazbek Atamboyev. Uning so‘zlariga ko‘ra, Jumaqodirov haqiqatparvar bo‘lib, "juda aqlli inson edi". "Men tez-tez u bilan maslahatlashib turardim", - deya tan olgan Qirg‘iz davlati rahbari. Shu bilan birga, prezident bosh vazir o‘rinbosari kelajakda davlat rahbari bo‘lishi mumkinligini inkor etmas edi.
Qirg‘iziston poytaxti markazida tashkil etilgan marhumni dafn qilish marosimida bir necha ming kishi, shu jumladan respublika rahbariyati ishtirok etdi. Bosh vazir o‘rinbosarini Bishkekning Ola Archa qabristoniga dafn qilishdi. Bu yerda Qirg‘izistonning davlat va jamoat arboblarining qabrlari bor.
Jumaqodirov 7 oktabr kuni Chuy viloyatidagi Sadovoye qishlog‘ida xizmat mashinasida ketayotganida "KamAZ" avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan edi. Yo‘ltanlamas ichida bosh vazir o‘rinbosaridan tashqari uning yordamchisi va haydovchisi ham bo‘lgan, ularning barchasi hayotdan ko‘z yumgan.
YTH bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
09:53
Qirg‘izistonda Hayit sanasi e’lon qilindi: Ramazon oyi yana 29 kun bo‘lishi mumkin
16:56 / 07.03.2026
Qirg‘izistonda uch yoshgacha bo‘lgan har bir bola davlatdan nafaqa oladi
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
09:20 / 04.03.2026