Oradan 20 yil o‘tib, Toshkentda Tojikiston madaniyat kunlari tashkil etildi. Tojikiston delegatsiyasi tarkibiga 44 nafar san'at va madaniyat vakillari, jamoat arboblari kiritilgan. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar berdi.

Shuningdek, O‘zbekistonda madaniyat kunlari o‘tishi davomida tojik sanoat ishlab chiqaruvchilarining ko‘rgazmasi ham tashkil etilishi belgilangan. Mazkur ko‘rgazmada 130dan ortiq tojikistonlik tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini namoyish etishi rejalashtirilgan.