Rossiya prezidenti Vladimir Putin çorşanbada iş kunini sobiq Sovetlar Ittifoqi makonida hamkorlikni rivojlantirişga bağişlaydi. RF rahbari hamkasblari bilan MDH va YevrOsII sammitlarida iştirok etadi.
MDH sammiti
Sammit dasturi tor va kengaytirilgan tarkibdagi uçraşuvlarni, şuningdek yakuniy hujjatlarni imzolaşni nazarda tutadi. «Kun tartibida beşta asosiy masala mavjud bölib, 19 ta hujjat imzolanişi uçun tayyorlangan», - dedi Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov.
Uning sözlariga köra, rejalangan qarorlar orasida - 2018 yilda raislik funksiyalarini Rossiyadan Tojikistonga topşiriş kiradi. Şuningdek, sammit qatnaşçilari davlat rahbarlarining navbatdagi uçraşuvi ötkazilişini muhokama qilişadi. «U 2018 yil oktabr oyining birinçi yarmida Duşanbe şahrida bölib ötişi kutilmoqda», - dedi u.
Rossiya prezidentining yordamçisiga köra, 2019 yilni MDHda Kitob yili, 2020 yilni esa – Ikkinçi jahon uruşidagi Ğalabaning 75 yilligi, deb e'lon qiliş töğrisidagi qarorlar loyihasi körib çiqiladi. 2017 yil MDHda Oila yili, deb e'lon qilingani munosabati bilan davlat rahbarlari oila institutini va an'anaviy oilaviy qadriyatlarni qöllab-quvvatlaş töğrisidagi bayonotni qabul qilişlari kutilmoqda.
Sammitda Rossiya, Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston prezidenti iştirok etadilar. Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev 15 oktabr kuni bölib ötadigan prezidentlik sayloviga tayyorgarlik körayotgani tufayli mamlakat boş vazirini yuboradi.
Ikki tomonlama uçraşuvlar
Seşanba kuni Putin Tojikiston va Moldova prezidentlari Imomali Rahmon hamda Igor Dodon bilan alohida muzokaralar ötkazdi. «Prezident Putin 11 oktabr kuni juda ham band böladi, iş kuni ikki tomonlama uçraşuvlar bilan boşlanadi - Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan, keyin esa Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşuv ötkaziladi», - dedi Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.













