Rossiyaning Vladimir viloyatida avtobusning temir yöl kesişmasida poyezd bilan töqnaşib ketganidan söng, viloyat şifoxonalariga oğir jarohatlangan tört kişi olib ketildi – ikki nafar yoşi katta va ikki yoş bola. Ikki yoşdagi öğil bola, şifokorlarning barça sa'y-harakatlariga qaramay, afsuski, hayotdan köz yumdi. Beş yoşdagi qizçaning ahvoli uçun barça taşvişda – uning olgan jarohatlari ham juda oğirdir.

Biroq, Rossiya soğliqni saqlaş departamentining xabar berişiça, uning holati Moskva şahriga vertolyotda olib keliş imkonini berdi. Keça, “Semyazino” aeroportidan mahalliy vaqt bilan soat 14:45da FVV vertolyoti havoga kötarildi hamda qizçani Rossiya poytaxtidagi Leonid Roşal klinikasiga olib kelgan.

Vladimirda poyezd bilan töqnaşgan avtobus haydovçisi hibsga olindi

Sanitar reysni amalga oşirgan vertolyot zamonaviy asbob-uskunalar va maxsus tibbiy modul bilan jihozlangan bölib, u bolaga parvoz vaqtida tibbiy yordam körsatiş imkonini berdi.

Qizçaning ahvoli juda oğir sifatida baholanmoqda. Moskvadagi şifoxona mutaxassislari uning hayoti uçun kuraşişmoqda.