Tayvanning adolatli savdo böyiça komissiyasi AQŞning çipsetlar işlab çiqaruvçi Qualcomm kompaniyasini 23,4 mlrd Tayvan dollariga (773 mln dollar) jarimaga tortdi. Kompaniya öz texnologiyalarini raqobatçilarga taqdim qilişni qonunga xilof holda çeklagan.
Bu jarima Tayvan uçun rekord qiymat böldi.
Komissiyaning ta'kidlaşiça, Qualcomm mikrosxemalar bozorining CDMA, WCDMA va LTE kabi tarmoqlarida monopolçi bölgan. Komissiyaning baholaşiça, kompaniya monopoliyaga qarşi qonunni kamida 7 yil buzib kelgan. U bu vaqt içida mahalliy kompaniyalardan litsenziyalar va boşqa tölovlar körinişida 400 mlrd Tayvan dollari yiğgan.
Kompaniya jarimani tölaşdan taşqari, har olti oy komissiyaga jabrlangan tomonlar bilan olib borilayotgan muzokaralari haqida hisobot jönatib terişi kerak böladi.
















