Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 12 oktabr kuni Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Inson huquqlari böyiça kengaşining din va e'tiqod erkinligi masalasi böyiça maxsus ma'ruzaçisi Ahmad Şahidni qabul qildi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, Özbekiston Respublikasining BMT, uning tuzilma va institutlari bilan amaliy va özaro manfaatli hamkorligi mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. 

Joriy yil may va iyun oylarida BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş va Inson huquqlari böyiça Oliy komissari Zayd Raad Al-Husaynning Özbekistonga taşriflari hamda ular bilan ötkazilgan uçraşuvlar, şuningdek, davlatimiz rahbarining sentabr oyida BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasidagi iştiroki yakunlari böyiça BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlariga muvofiq özaro hamkorlikni yanada kengaytirişga qaratilgan "yöl xaritalari" qabul qilindi va amalga oşirilmoqda. 

Millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglikni mustahkamlaş Özbekistonni rivojlantiriş böyiça qabul qilingan uzoq muddatli Harakatlar strategiyasi va BMT bilan keng kölamli hamkorlik dasturining ustuvor yönalişlaridan biri ekani alohida ta'kidlandi. 

Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat, 16 diniy konfessiya vakillari ahil-inoq, tinç-totuv yaşab kelmoqda. Ular öz huquq va erkinliklarini röyobga çiqarişi uçun zarur barça şaroitlar yaratilgan. Jamiyatimizda döstlik va mehr-oqibat, millatlararo va dinlararo totuvlik muhiti yanada mustahkamlanmoqda. 

BMT maxsus ma'ruzaçisi Özbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş, bağrikenglik va vijdon erkinligini ta'minlaş, dinga e'tiqod qiluvçilarning huquqlarini himoya qiliş va ularning kamsitilişiga yöl qöymaslik böyiça yangi bosqiçda amalga oşirilayotgan özgariş va islohotlarni yuksak baholadi. 

Maxsus ma'ruzaçi Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasida bayon etilgan taşabbuslarning dolzarbligi va öz vaqtida ilgari surilganini alohida qayd etdi. 

Xususan, Ahmad Şahid "Ma'rifat va diniy bağrikenglik" nomli maxsus rezolyutsiyani qabul qiliş töğrisidagi taklifi, Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro tadqiqot markazi va Toşkentda Islom sivilizatsiyasi markazi taşkil etilayotgani töliq qöllab-quvvatladi.