Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari Ğulomjon Ibragimov boşçiligidagi delegatsiya «Rostex» davlat korporatsiyasi tarkibiga kiruvçi «Rossiya vertolyotlari» holding kompaniyasining Qozon vertolyot zavodiga (QVZ) amaliy taşrifni amalga oşirdi. Ğulomjon Ibragimov zavodning işlab çiqariş quvvati va çiqarilayotgan vertolyot texnikasi bilan tanişdi, deb xabar berdi business-gazeta.ru.

Tatariston tomonidan uçraşuvda TR sanoat va savdo vaziri – boş vazir örinbosari Albert Karimov va «Qozon vertolyot zavodi» boş direktori Vadim Ligay iştirok etdi.

Ğulomjon Ibragimov mexanik işlov beriş, agregat işlab çiqarilişi va yakuniy yiğiş sexini közdan keçirdi. Delegatsiya rahbariga Mi-8/17 Mi-38 va Ansat vertolyotlari namoyiş etildi. Özbekiston fuqarolik aviatsiyasi sohasida hozirgi vaqtda 9 ta turli modifikatsiyadagi Mi-8MTV-1 vertolyotlaridan foydalanilmoqda.

QVZga taşrif Özbekiston hukumatining Qozon va Toşkent örtasida kelgusidagi hamkorlik rejalarini tuzişda iştirok etiş maqsadida Tatariston Respublikasiga amalga oşirilgan amaliy safari çoğida röy berdi. Tatariston delegatsiyasining Özbekistonga taşrifi çoğida savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlik töğrisida 10 ta bitim imzolangan. Ta'kidlandiki, kelgusi yillarda Özbekiston va Tatariston örtasidagi özaro savdo hajmi savdo-sotiq, quriliş, uy-joy-kommunal xizmat körsatiş, soğliqni saqlaş, qişloq xöjaligi, axborotlaştiriş, madaniyat va boşqa köplab sohalarda savdo aloqalarini jadallaştiriş doirasida tört barobarga ortişi mumkin.