AQŞning çiplar işlab çiqaruvçi Qualcomm kompaniyasi intellektual mulk böyiça Pekin sudiga Xitoyda iPhone işlab çiqarilişini taqiqlaş talabi bilan murojaat qildi. Kompaniya Apple’ni uning texnologiyalarini haq tölamagan tarzda qöllaşda ayblamoqda. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.
"Apple Qualcomm tomondan yaratilgan texnologiyalarni qöllab, ularga pul tölamayapti", deb aytdi Qualcomm matbuot kotibi Kristin Trimbl.
Qualcomm’ning eng taniqli mahsulotlari Snapdragon seriyasidagi protsessorlar hisoblanadi. Bu protsessorlar zamonaviy smartfon, planşetlarning aksariyatida va boşqa qurilmalarda qöllanadi. Qualcomm daromadining ançagina qismi, şuningdek, zamonaviy telekommunikatsiya tizimlari asosida yotgan ixtirolardan patentlarga töğri keladi.
Apple va Qualcomm örtasidagi qarama-qarşilik 2017 yil boşida boşlangan. Öşanda Apple Qualcomm‘ni litsenziyalaşning adolatsiz amaliyotini qöllaş, çiplarga narxlarni haddan taşqari oşiriş va bozor yetakçisi maqomini suiiste'mol qilişda ayblab, unga qarşi aksilmonopol şikoyat bergan. Şundan keyin köp ötmay Apple Qualcomm’ga litsenziya tölovlarini tölamay qöygan.

















