Qirg‘izistonning yangi prezidenti etib Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasidan ilgari surilgan nomzod va Almazbek Atamboyevning vorisi Sooronboy Jeenbekov saylanishi aniqqa o‘xshayapti. Kaktus.media nashri Sooronboy Sharipovichning tarjimai holini yana bir bor esga olib, uning oila a'zolari kimligiyu, qarindoshlari nima ish qilishiga aniqlik kiritib ko‘rdi.

Sooronboy Jeenbekov tarjimai holi

Foto: kaktus.media

Jeenbekov 58 yoshda, u O‘sh viloyatining Qorakulja tumanida tavallud topgan. 1976 yilda rus tili o‘qituvchisi sifatida mehnat faoliyatini boshlagan.

1996 yildan uning siyosiy karerasi boshlangan. U uch marta Qirg‘iz Respublikasi parlamenti deputati bo‘lgan va qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimida ishlagan. 2010 yildan so‘ng O‘sh viloyatiga rahbarlik qilgan.

Davlat kadrlar xizmatining birinchi o‘rinbosari, prezident apparati rahbari lavozimlarida ishlagan. 2016 yilning aprelidan hozirga qadar Qirg‘izistonning bosh vaziri edi. Shundan so‘ng u prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatildi.

Xotini va bolalari

Foto: kaktus.media

Jeenbekovning xotinining ismi Oygul. U nima kasbni egallagani noma'lum. U uy bekasi. Jeenbekovlar oilasida ikki farzand bor: o‘g‘il va qiz.

Qizi Baxtigul Qirg‘iz-Rossiya slavyan universitetida o‘qiydi. O‘tgan yili turmushga chiqqan. Kuyovi deputat Aliyorbek Abjaliyevning o‘g‘li — Otabek.

Jeenbekovning yakkayu yolg‘iz nevarasi bor — Aliasqar. Sooronbay Jeenbekov o‘z oilasini doimo panada saqlaydi.

Qarindoshlari va singillari

Sooronboy Jeenbekov tug‘ilgan oilada 10 farzand bor edi. Katta akasi Xonto‘ra Toktomamatov (69 yoshda edi) yaqinda vafot etgan. U iqtisodiyot fanlari doktori, Jalolobod universiteti rektori edi.