Prezident Şavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga amalga oşirgan taşrifi davomida Urganç şahridagi Yoşlar markazida yaratilgan şaroitlar bilan yaqindan tanişdi, deb xabar beradi ÖzA.
«Biz bu kabi zamonaviy inşootlarni köplab qurişimiz mumkin. Lekin uning içida qanday ta'lim-tarbiya oliş, hunar örganiş siz yoşlarning intiliş va taşabbuslaringizga boğliq. Xorazmlik yoşlar bu borada boşqalarga örnak bölişi kerak», dedi davlat rahbari.
Şuningdek, Prezident turli sabablarga köra töğri yöldan adaşib qolgan yoşlarni soğlom hayotga qaytarişda ularning tengdoşlari yordam berişi kerakligini qayd etdi. Şundan söng, Şavkat Mirziyoyev viloyatning bir guruh faol yoşlari bilan uçraşib, ular bilan suhbatlaşdi. Ular orasidan 17 yoşli sportçi Şirinoyga davlat rahbari Spark rusumli avtomaşinani sovğa qildi.
Şironoy oddiy oila farzandi. Otasi quruvçi, onasi esa uy bekasi. Oiladagi e'tibor tufayli 10 yildan buyon sportning karate turi bilan şuğullanib keladi. 2012 yilda Özbekistonda ötkazilgan jahon kubogida 2ta oltin medalni qölga kiritgan. 2013 yilda esa Yaponiyaning Tokio şahrida ötkazilgan jahon çempionatida ham mutlaq ğolib bölgan. U bugungi kunda 3 karra jahon çempioni degan yuksak nom egasi.

















