Ushbu 10 maslahatni men 10 yil avval — endi-endi yetuklik yo‘liga qadam qo‘ygan chog‘imda eshitishim kerak edi, deb yozadi Prometheus ta'lim kurslari hammuassisi Ivan Primachenko.

«Agar 10 yil muqaddam bu maslahatlarni o‘zimga — birinchi bosqich talabasiga berish imkonim bo‘lganida, albatta ulardan foydalangan bo‘lar edim. Lekin vaqtni ortga qaytarib bo‘lmaydi, shu sababli ularni hozir yozmoqdaman va ulardan birortasi hozirgi zamon talabalari va o‘quvchilariga men va tengdoshlarim tomonidan yo‘l qo‘yilgan ko‘plab xatolarni takrorlamasliklariga yordam beradi, degan umiddaman», — deb yozadi Primachenko.

1. Katta-katta orzular qil. O‘z orzungga ishon. Buni xohla va orzu qilayotgan narsang uchun kurash. Hayotga, kattaroq narsaga erishish uchun chanqoqlik — muvaffaqiyat uchun intellekt, pul va hukmronlikning jamisidan ham muhimroq narsa.

2. Mustaqil fikrla. Ijtimoiy tarmoqlar — fikrlar supermarketi bo‘lib, bu yerda «fikr yetakchilari» yorug‘ jahondagi jamiki narsa haqida senga o‘zi baholangan mulohazasini o‘tkazmoqchi, eng sof haqiqat sifatida tiqishtirmoqchi bo‘ladi. Boshqalarning fikrini chegarma bilan olish qanchalik jozibali bo‘lmasin, o‘z miyang bilan o‘yla. Jamoatchilik fikri zolimlari va o‘z atrofingdagilarning fikri seni qul qilishiga yo‘l qo‘yib berma. U yoki bu g‘oyalar naqadar ochiq-oydin va muqaddas, yoki aksincha, tuturiqsiz ko‘rinmasin, xulosa chiqarishga shoshilma — barcha narsani tanqidiy tahlil qil. Erkinlik gumondan boshlanadi.

3. Ko‘proq strategiya, kamroq taktika. Joriy vazifalar va kechinmalarning to‘xtamas to‘lqinidan fikran chetlanib, nazar sol. Bir oy, bir yil, o‘n yilda nimalarga erishishing haqida o‘ylab ko‘r. Bunga qanday yetishish uchun reja qur. Agar qanday qilishni bilmasang — bunga qanday o‘rganish haqida reja yasa. Eng muhim shaxmat donasi emas, shaxmat o‘yinchisi bo‘l. Joriy holatni qayta tushunish, istaklarni qayta qurish va ularga yetishish uchun reja ishlab chiqish uchun zarur vaqtni har qanaqasiga himoya qil. Gap nima haqida ketayotganini yaxshiroq anglash uchun daholar strategiyasini o‘qishing mumkin: Bill Geyts, Endi Grouv va Stiv Jobsdan beshta yaxshi dars.

4. Uzoq davr mobaynida natijalari to‘planib qoladigan kichik ishlar ahamiyatini qadrla. Filmlar, kitoblar va ijtimoiy tarmoqlarda ishlar juda tez bajariladi, superqahramonlar esa bir necha kun ichida dunyoni qutqaradi. Real hayotda esa to‘g‘ri yo‘nalishda har kuni kichik-kichik qadam bosayotganlar muvaffaqiyat qozonadi. Bu dunyoni katta vaqt oralig‘iga ko‘paytirilgan doimiy harakatlar shakllantiradi.