Farğona şahrida yaşovçi, 1995 yilda tuğilgan, “AZOT” OAJda hisobçi bölib işlovçi B.D. özi bilan birga işlovçi M.N.ning plastik kartoçkasidagi 1 million 500 ming söm pulini “Click” tizimi orqali yaşirin ravişda öğirlab olgan. Bu haqda KUN.UZ’ga Farğona viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Uşbu jinoyat M.N.ning IIBga yozgan arizasiga asosan olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida foş etildi. 

Hozirda uşbu jinoyatni sodir etgan B.D.ga nisbat jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.