XXR raisi Si Tszinpin XKPning 19-s'yezdida qilgan çiqişida dunyo mamlakatlari xalqlariga murojaat qildi. U insoniyatni «sovuq uruş» fikridan voz keçişga çaqirdi. Si Tszinpin bayonoti haqida Sinxua agentligi xabar qilmoqda.
«Biz barça mamlakatlar xalqlarini umumiy sa'y-harakatlar bilan insoniyatning yagona taqdiriga ega hamjamiyatni barpo etişni çaqiramiz… Biz bir-birimizni hurmat qilişimiz, teng huquqli maslahatlaşuvlar ötkazişimiz, qat'iyat bilan «sovuq uruş» fikri va kuç işlatiş siyosatidan voz keçişimiz kerak», — degan XXR raisi.
Uning sözlariga köra, xalqaro munosabatlarda yangiça yondaşuvlarni qöllaş zarur, ular «ziddiyatlaşuv va bloklar qaraşidan emas, muloqot va hamkorlik nuqtai nazaridan kelib çiqişi kerak».

















