Xitoy toza va nazorat qilinadigan internet kenglikni barpo etiş istagida, deb bayonot berdi XXR KP MQ boş kotibi Si Tszinpin. U Xitoy kommunistik partiyasining 19-s'yezdida qilgan nutqida şu masalaga ham töxtaldi, deya xabar qilmoqda Sinxua agentligi. 
 
"Biz internet kenglikdagi kontentlar bilan boğliq faoliyatimizni kuçaytiramiz, töliq nazorat tizimini barpo etamiz, biz uning tozaligini ta'minlaymiz", — degan Xitoy yetakçisi.

Uning qayd etişiça, bu maqsadlarni hayotga tatbiq etiş uçun global tarmoqda, ayniqsa siyosiy ğoyalar va qoidalarga doir xato ma'lumotlar paydo bölişiga jiddiy e'tibor qaratiş kerak.