Pekin "yagona Xitoy" siyosatini izçil davom ettiradi va Tayvanning mustaqillikka erişişiga yöl qöymaydi. Bu haqda Xitoy Kompartiyasi 19-qurultoyi oçilişida Xitoy raisi Si Tszinpin aytib ötdi.
"Biz oroldagi barça salbiy xarakterdagi siyosiy özgarişlarni tartibga solişga, ayirmaçilik kuçlarini bosgan holda, Tayvan mustaqilligiga barça kuçlar bilan qarşilik qilişga harakat qilamiz", deb aytgan Xitoy raisi.
Uning aytişiça, Pekin Tayvan böğozi va unga tutaşgan hududlarda tinçlikni qöllab-quvvatlaşdan manfaatdor.
Qurultoyda 2,3 mingga yaqin delegat iştirok etmoqda. Qurultoy 24 oktabrgaça davom etadi. Unda oxirgi 5 yil içida partiya amalga oşirgan işlar natijalarini körib çiqiş, Xitoy va boşqa davlatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatni muhokama qiliş, yaqin yillar uçun davlatning rivojlaniş yölini belgilab oliş rejalaştirilgan.

















