Qirğiziston Jöqorği Keneşi deputati Almazbek Toktorovning fikriça, qirğizistonlik zobitning Qozoğiston bilan çegarani kesib ötiş çoğida giyohvand moddalar bilan qölga olingani şubhalidir. U bu haqda 18 oktabr kuni parlament yiğilişida aytib ötdi.

«2 kun avval Qozoğistonda Qirğiziston Boş ştabi zobiti giyohvand moddalar bilan qölga olingani haqida ma'lumot paydo böldi. Men bu zobitning davlat sirlaridan xabari bor yoki yöqligini bilmayman, ammo qirğiz tomoni qanday çoralar körmoqda? Nima uçun hali ham reaksiya yöq? U xalqaro maşqlarga ketayotgan bölgan, çegara böylab harakatlaniş tartibi qanday? Ularda daxlsizlik yoki davlatlararo şartnoma bormi?» - deb söragan deputat.

Yiğilişda iştirok etgan Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisining örinbosari Rustam Mamasodiqov Boş ştab öz suriştiruvini ötkazayotgani haqida xabar bergan. «Ha, zobit maşqlarga ketayotgan edi. Hozirda Boş ştab suriştiruv işlarini olib bormoqda va, ehtimol, uning natijalari böyiça javob beradi», - dedi u.

«Agar şaxs maşqqa ketayotgan bölsa, bunday tartib-qoidalar közda tutilgan. U giyohvand moddalar bilan uşlangani juda şubhali. Bunga işonişni xohlamayman. Yoki Boş ştab bu masala bilan şuğullanişi kerak yoxud Taşqi işlar vazirligi murojaat bilan çiqişi lozim», - dedi A.Toktorov.