Britaniya razvedka xizmatlari terrorizmga qarşi tobora köproq kuraş olib bormoqda, deya ma'lum qildi MI-5 razvedka xizmati rahbari Endryu Parker Londondagi maxsus brifingda.

Parkerning sözlariga köra, hozirgi kunda uning bölinmasi ortib borayotgan terrorizm tahdidiga duç kelmoqda va uni aniqlaş qiyinroq holga aylandi.

Bu yil Buyuk Britaniyada beşta terakt sodir etildi. Parkerning ta'kidlaşiça, ular MI-5 xodimlariga jiddiy ma'naviy ta'sir körsatgan.

Mahkama boşliğining aytişiça, IŞID guruhi safida jang qilişga jönab ketgan britaniyaliklardan 130 nafari halok bölgan.

Parkerning ta'kidlaşiça, MI-5 hozirda 500 ga yaqin amaliyotni ötkazmoqda, ular ekstremistik faoliyatiga u yoki bu jihatdan aloqador bölgan taxminan 3000 kişini qamrab oladi.

Ötgan tört yil mobaynida 20 ta hujumning oldi olindi, şu jumladan oxirgi yetti oyda yettita. Ularning barçasi ekstremizm bilan boğliq, deya qöşimça qilgan u.

Terrorçilar bu yil amalga oşirgan beşta hujumdan eng qonlisi «Mançester Arena» konsert zalining foyesida qöşiqçi Ariana Grandening konsertidan söng sodir bölgan xudkuşlik hujumi bölib, hodisa oqibatida 22 kişi halok böldi.

Bundan taşqari, mart oyida parlament yaqinidagi hujum paytida beş kişi hayotdan köz yumdi. London köprigi yaqinida esa maşinaning odamlar ustiga haydab borilişi, söng undan uç kişining tuşib, ötkinçilarga piçoq bilan taşlanişi tufayli yana sakkiz kişi halok bölgan.

Iyun oyida erkak kişi London şimolidagi masjid yaqinida odamlar ustiga maşinani haydab bordi, sentabrda Parsons-grin bekatidagi metro vagonida qölbola bomba qisman portlatildi, natijada 30 kişi jabrlandi.

Ba'zi holatlarda, masalan, London köprigidagi hujum kabi, jinoyatçilardan biri – Huram Batt – MI-5’ga yaxşi ma'lum bölgan, unga nisbatan tergov olib borilgan.

Jurnalistlar Parkerdan MI-5 kuzatuvining ma'nosi nimada ekanini söraşgan. Ularning bildirişiça, öşa şaxslar ekstremistlar bilan aloqalarini yaşirişmagan hamda terakt sodir etiş imkoniyatini qölga kiritişgan.

Uning javobiga köra, har bir maxsus kuzatuv obekti har kunlik va har haftalik asosda baholanadi hamda şu asosda ustuvor vazifalar belgilanadi.

«Asosiy muammolarimizdan biri - bizda faqat ma'lumotlarning bir qismi böladi, hamda ularni nima sodir bölişi böyiça yagona kartinaga birlaştiriş kerak böladi», - dedi MI-5 rahbari.