Qozoğiston investitsiyalar va taraqqiyot böyiça vaziri Jyenis Qosimbekning 17 oktabr kuni Ostona şahrida bölib ötgan brifingda ma'lum qilişiça, mamlakat hududida xorijiy taşuvçilarni nazorat qiliş kuçaytirildi.

Vazirning xabar berişiça, «mahalliy taşuvçilarning raqobatbardoşligini ta'minlaş uçun şart-şaroitlar yaratiş»ga qaratilgan uşbu çora-tadbirlar doirasida bir hafta mobaynida 2,7 mingdan ortiq avtotransport vositasi tekşirildi va 193 ta qonunbuzarlik aniqlandi.

Vazir Qosimbekning xabar qilişiça, uşbu qonunbuzarlikning asosiy qismi Qirğiziston taşuvçilari hissasiga töğri keladi - 60 foiz (117). Rossiyaliklarda - 20 foiz (38), hamda qolganlarda - 20 foiz (38). Qolganlar içida boşqa davlatlar, şu jumladan Turkiya, Tojikiston va Turkmanistondan taşuvçilar bor.

Çegara viloyatlariga, şu jumladan, Jambil viloyatiga tekşiruvlar munosabati bilan qöşimça köçma transport nazorati postlari yuborildi. Mahalliy politsiya xizmati, iqtisodiy tergovlar böyiça xizmat va davlat daromadlari organlari bilan transport vositalari ustidan 24 soatlik nazorat ta'minlangan.

Yil boşidan beri, vazirlik ma'lumotlariga köra, 58 mingdan ziyod xorijiy avtotransport vositasi tekşirildi, 2 538 ta qonunbuzarlik aniqlandi, ularning aksariyati, Qozoğiston rasmiylariga köra, Qirğiziston taşuvçilariga tegişli.

10 oktabrdan boşlab Qozoğiston va Qirğiziston çegarasida tekşiruvlar kuçaytirildi. Natijada, Qozoğiston bilan çegarani kesib ötuvçi fuqarolar, yuklar va transportning katta navbatlari paydo böldi.