Ayni paytda respublikamizda avtotransport vositalarining siqilgan tabiiy gazga ötkaziş hisobiga 7.780 ming tonna va suyultirilgan gaz hisobiga 2.960 ming tonna avtomobil yoqilğisi ekvivalentida ötkazilişi ta'minlangan, deb ma'lumot berdi KUN.UZ’ga «Özbekneftgaz» AJ xodimi.

Bu holatda iqtisodiy maqbullik nuqtai nazaridan respublikaning alohida hududlarida aholini ta'minlaş uçun suyultirilgan gazdan yanada kengroq foydalanilmoqda. Xususan, 2010–2016 yillarda siqilgan gazdan öz ehtiyojlari uçun foydalanuvçi uy xöjaliklari soni 4 marta (599,1 mingdan 2,55 mln. birlikka) oşgan, binobarin, aholiga suyultirilgan gaz yetkazib beriş hajmi 8 barobarga (yiliga 30,6 ming tonnadan, 243,2 ming tonnaga) oşgan.

Şu sababli aholining suyultirilgan gaz (propan)ga bölgan talablarini qanoatlantiriş yanada dolzarb bölmoqda, binobarin, avtotransport vositalari tomonidan foydalanilayotgan suyultirilgan gaz hajmlarini bekor qilib, ularni bosqiçma-bosqiç siqilgan gaz (metan)ga ötkazişni taqazo etmoqda.

Şuni ham alohida qayd etiş joizki, ayni paytda avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalari (AGQŞ) samaradorligining darajasi past, ularning loyihaviy quvvati respublika böyiça örtaça 29 foiz atrofida.

Yuqoridagi holatlarni hisobga olib, Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi tayyorlandi va u örnatilgan tartibda barça vazirliklar, idoralar tomonidan ma'qullanib, 2017 yil 11 oktabrda «Avtomobillarga gaz töldiriş stansiyalari tarmoğini rivojlantiriş, avtotransport vositalarini siqilgan tabiiy gazga bosqiçma-bosqiç ötkaziş, şuningdek, ular uçun möljallangan gaz ballon uskunalarining xavfsiz ekspluatatsiyasini ta'minlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi №815-sonli qarori qabul qilindi va unga köra avtomobillarga gaz töldiriş kompressor stansiyalari (AGTKS) tarmoği rivojlantiriladi va avtomobillar bosqiçma-bosqiç siqilgan gazga ötkaziladi.

Mavjud AGQŞlarni AGTKSlarga aylantiriş va avtomobillarni siqilgan gazga ötkaziş böyiça çora-tadbirlarni öz vaqtida amalga oşirişni ta'minlaş uçun örnatilgan muddatlarda tegişli çora tadbirlarni qöllaş, xususan, 2017 yilning 1 dekabridan AGQŞlar quriş uçun yer uçastkalari ajratişga çek qöyiladi.

AGTKS qurilişini rağbatlantiriş va ularning samaradorligini oşiriş maqsadida qarorda avtotransport vositalariga gaz ballon uskunalarini imtiyozli kreditlar asosidan xarid qiliş, AGTKSlar joylaşgan joylarda «bir darça» prinsipida kredit bitimlarini rasmiylaştiriş punktlarini oçiş kabi qulay şaroitlar nazarda tutilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining uşbu qarori aholini suyultirilgan gaz bilan ta'minlaşga xizmat qiladi, 2017–2019 yillarda respublika böylab qöşimça 178 ta AGTKS oçiş va 800,4 mingdan ziyod avtomobilni siqilgan gazga ötkaziş imkonini beradi.