Britaniya qiroliçasining nabirasi şahzoda Uilyam va uning rafiqasi, Kembrij gersoginyasi Keyt 2018 yil aprelida uçinçi farzandlari dunyoga kelişini kutmoqdalar. Bu haqda Kensington saroyining tvitterddagi rasmiy blogida ma'lum qilindi.
"Kembrij gersogi va gersoginyasi 2018 yil aprelda farzandlari dunyoga kelişini tasdiqlaşdan mamnunlar", deb aytilgan xabarda.
Keyt Middltonning homiladorligi haqida sentabr boşida ma'lum bölgan. Juftlikning 4 yoşli Jorj ismli öğil va 2 yoşli Şarlotta ismli qiz farzandi bor.

















