Qirol Çarlz III va uning kelini Keytning kasalligi avvaliga ijtimoiy tarmoqlarda, keyinroq katta naşrlarda miş-mişlar tölqinini keltirib çiqardi. Turli manbalar qirol ölgani haqida, Uels malikasi omma qarşisida çiqiş qilmayotgani uning turmuş örtoği, şahzoda Uilyamning xiyonati bilan boğliq ekani haqida yozişdi. Bu borada heç qanday rasman tasdiqlangan ma’lumot yöq, bu faqat oila hali ham dunyodagi eng maşhur oila bölib qolayotganini tasdiqlaydi — çunki oila haqidagi miş-mişlar ham ijtimoiy tarmoqlarda global trendga aylanmoqda.

Hozir çindan ham qirollik xonadoni uçun eng yaxşi damlar emas. 2024 yil yanvarida saroy Uels malikasi, valiahd şahzoda Uilyamning rafiqasi qorin böşliğidan operatsiya qilingani, kamida ikki hafta klinikada qolişi va Pasxa bayramiga qadar marosimlardagi majburiyatlarini bajara olmasligini xabar qildi — bu yil bayram mart oyining sönggi dam oliş kunlariga töğri keladi.

Jarrohlik amaliyoti yanvar oyi örtalarida qilingan. Qirollik saroyi rasmiy xabarida barçasi yaxşi ötgani aytilgan.

Ammo yoqimsiz holatlar şu bilan barham topmadi. Fevral oyi boşlarida qirol Çarlz III saratonga çalingani ma’lum böldi. Qirol yaqinda prostata bezi adenomasidan davolangandi, ammo şifokorlar saraton bu bilan boğliq emasligini aytişdi. Saroy öşanda ham maksimal darajada umumiy iboralar bilan çeklanib, qirol «davolaniş kursini ötay boşlagani», qörqinçli heç narsa yöqligini bildirgan, ammo bu uning marosimlardagi majburiyatlarini bajarişiga qançalik ta’sir körsatişi haqida töxtalmagandi.

Mart oyigaça vaziyat tinç bölib turdi. Ammo keyin Keyt uç farzandi bilan birga fotosuratini namoyiş etganidan keyin darhol jahondagi yetakçi naşrlar nazariga tuşdi: suratda fotoşop belgilari aniqlangandi.

Kensington saroyi tarqatgan fotosuratning töliq versiyasi. Unda malika Şarlottaning çap qöli noodatiy joylaşgan.
George Roges / SIPA / Scanpix / LETA

Uels malikasi uzr sörab, fotosuratni qayta işlaşga berilib ketganini aytdi, ammo bu oqibatlarni keltirib çiqardi. BBC’ning qirollik işlari böyiça muxbiri Deniel Relf Buyuk Britaniya aholisini tinçlantiriş uçun e’lon qilingan fotosurat aslida teskari effekt berganini aytdi.

Faqat agar Relf endi fotoning har bir detali mikroskop bilan körib çiqilişini aytgan bölsa, oqibatlar ança jiddiyroq bölib çiqdi: ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari uning fotosuratini örganişdi, keyin esa oilaning boşqa a’zolariga ötişdi.