IŞID guruhiga mansub terrorçilarning sönggi makoni Raqqa şahri bölib turgandi. AP naşrining Bayrutdagi manbasi xabar berişiça, endilikda IŞIDning sönggi poytaxti ham işğol etildi.

Mahalliy vaqt bilan soat 14:00da AQŞ-Suriya harbiylaridan taşkil topgan ittifoqçilar Raqqa şahridagi terrorçilarning bir neçta qarorgohlariga hujum uyuştirgan. Eng qonli töqnaşuv markaziy sport stadionida yuz berdi. General Talal Silloning aytişiça, ayni paytda şaharda töqnaşuvlar töxtadi. 22 nafar jangari jang maydonida halok bölgan, önlab jangarilar jarohatlangan.

Silloning xabar qilişiça, tez fursatda terrorçilarning poytaxti hukumat nazoratiga ötgani haqida rasmiy bayonot beriladi.