Jahon | 08:22 / 19.10.2017
21485
2 daqiqa o‘qiladi

Obama favqulodda vaziyatlar uchun mo‘ljallangan "qizil tugma"dan qay maqsadda foydalangan?

Foto: Global Look Press/Pete Souza

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama Oq uyning Oval xonasidagi ishchi stolidagi "qizil tugma"dan choy keltirib berishlari uchun foydalangan. Bu haqda Virgin Group xoldingining egasi, britaniyalik milliarder Richard Brenson o‘zining "Finding my Virginity" kitobida so‘zlab bergan, deb xabar bermoqda The Washington Examiner nashri.

Tadbirkor kitobida Oq uyga tashriflaridan biri haqida so‘zlab bergan. Uning aytishicha, u tashrif vaqtida Obama stolidagi qizil tugmaga e'tibor qaratgan.

"Obama buni sezib, "avval bunday tugmalar favqulodda vaziyatlar vaqtida qo‘llangan, hozir esa men u yordamida mehmonlarga choy buyurtiraman", deb aytgan", deb eslamoqda Brenson.

Avvalroq amerikalik jurnalistlar AQShning amaldagi  prezidenti Donald Tramp qizil tugmadan o‘ziga gazli ichimlik keltirib berishlarida foydalanishidan xabar topgandilar.

"Qizil tugma" yadroviy davlatlar prezidentlariga qit'alararo raketalarni uchirishga imkon beruvchi tizimning ommalashgan nomlanishi bo‘lib, aslida esa AQSh prezidenti yonida doimo maxsus zobit bo‘ladi. U o‘zida yadroviy chamadonchani saqlaydi. Chamadoncha ichida esa yadro zarbasini berishga izn beruvchi "oltin kodlar" tushirilgan kartochka saqlanadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid