Toşkent şahar IIBB giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravişda muomala qilişdan iborat jinoyatlarni foş etmoqda. ŞIIBB rasmiy vakili Doniyor Toşxöjayevning matbuot brifingida ma'lum qilişiça, 2017 yilning 14 oktabr kuni Bektemir tumanida joylaşgan “Bektemir” YPX maskanida Toşkent şahriga kirib kelayotgan fuqaro Rasulov boşqaruvidagi “Damas” avtoulovi töxtatilgan. U közdan keçirilganda, yölovçi sifatida kelayotgan va özining hatti-harakatlari bilan xodimlarda şubha uyğotgan Xodulin Leonid xolislar iştirokida tekşirilgan. Uning yonida jami oğirligi 724,2 grammni taşkil etuvçi “marixuana” giyohvandlik vositasi mavjudligi aniqlanib, daliliy aşyo sifatida olingan.

Holat yuzasidan Xodulinga nisbatan Jinoyat Kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (ya'ni, giyohvandlik vositalarini ötkaziş maqsadini közlamay, qonunga xilof ravişda, köp miqdorda saqlaş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.
Bundan taşqari, 2017 yilning 15 oktabr kuni olingan tezkor ma'lumotga asosan yuqorida qayd etilgan YPX maskani xodimlarining faoliyati maqsadli tadbirga yönaltirildi.
Tadbir davomida Toşkent şahriga kirib kelayotgan fuqaro Olimov boşqaruvidagi “Neksiya” avtoulovi töxtatilib, közdan keçirilganda yölovçi sifatida kelayotgan Agzamov Baxtiyor oğirligi 3 kg. 656,4 grammni taşkil etuvçi “marixuana” giyohvandlik vositasini olib ketayotganligi aniqlanib, xolislar iştirokida daliliy aşyo sifatida olindi.
Agzamovga nisbatan JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (ya'ni, giyohvandlik vositalarini ötkaziş maqsadini közlamay, qonunga xilof ravişda, köp miqdorda saqlaş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.
















