Jamiyat | 07:54 / 20.10.2017
13149
2 daqiqa o‘qiladi

Teleboshlovchi Urgant Kseniya Sobchakning saylovoldi roligiga hajviy rolik suratga oldi

Rossiyalik teleboshlovchi va aktyor Ivan Urgant Rossiya prezidenti lavozimiga saylovlarda ishtirok etish istagini bildirgan Kseniya Sobchakning saylovoldi roligiga hajviy rolik suratga oldi. Ushbu rolik Urgant boshlovchilik qiladigan "Vecherniy Urgant" dasturi efirida namoyish qilindi.  

Videoda Sobchak o‘z istagini bildirgan xona ichki ko‘rinishini to‘liq takrorlovchi fonni ko‘rish mumkin. Urgant Kseniyaga o‘xshash uchun parik va ko‘zoynaklar taqib olgan.

"Men Ivan Urgantman, yoshim 36 da, rostini aytsam 35 yoshdaman, biroq boshqa tomondan, 36 yoshdaman. Men Rossiya Federatsiyasining istalgan fuqarosi kabi prezident lavozimiga nomzodimni qo‘yishga haqliman", deb o‘z murojaatini boshlagan Urgant.

"Nima keragi bor? Nimaga? Qachon? Soat necha? Bu kimning shimlari? Itni kim yuvintirdi?" degan savollarni ko‘plab berish mumkin. Oxirigacha rostgo‘y bo‘lish – bu chinakamiga aldashni anglatadi, biroq chinakam aldash – rostgo‘y bo‘lish tushunchasida rostgo‘y bo‘lmaslikni anglatadi", deb o‘z so‘zini davom ettirgan teleboshlovchi. 

Urgant rolik so‘nggida tomoshabinlarni qo‘shiqchi Stas Pexaga ovoz berishga chaqiradi va o‘zini "hammaga qarshi, biroq hammaga ham emas" nomzod sifatida deb e'lon qiladi.

18 oktabrda Sobchak 2018 yilgi Rossiya prezidenti lavozimi uchun saylovlarda ishtirok etmoqchiligini e'lon qildi. U "barchaga qarshi nomzod" bo‘lishini aytgan va barcha rossiyaliklarni, jumladan saylovlarni boykot qilmoqchi bo‘lganlarni ham saylovlarga kelishga chorlagan. 

Mavzuga oid