«U Litvada. Isroil fuqarosi bölgani uçun unga viza ham kerak emas. Adaşmasam, bu yerda 90 kungaça qolişi mumkin», dedi Litva xavfsizlik departamenti rahbari Daryus Yaunişkis.

Sobçak hali Rossiyadan çiqib ketiş sababini izohlagani yöq. Ijtimoiy tarmoqlarda Sobçak Litva çegarasini piyoda bosib ötgani tasvirlangan kadrlar tarqaldi. Rossiya davlat naşrlari esa Sobçak mamlakatni tark etganini özlarining maxsus xizmatlardagi manbalariga tayanib yozişmoqda.

«U Moskvadan seşanba kuni tunda çiqib ketgan. Bir kun oldin Dubayga, keyin Turkiyaga aviaçipta sotib olgan. Buni tezkor xodimlarni çalğitiş uçun qilgan. Oxir-oqibat Litvaga Belarus orqali ötgan», deb noma’lum manbaning nomini keltirgan TASS Rossiya davlat axborot agentligi.

TASS va Russia Today naşrlari manbalari Sobçak tovlamaçilik işi böyiça jinoiy iş figuranti sifatida gumonlanayotganini tasdiqlagan.

Sobçakning direktoriga qarşi ayblov

Çorşanba kuni keçqurun Mokvadagi Tver sudida Kseniya Sobçakning tijoriy direktori Kirill Suxanov ustidan sud jarayoni bölib ötdi. Sud uni ikki oyga jazoni ijro etiş koloniyasiga jönatişga qaror qildi. Sudda aytilgan iş hujjatlaridan ma’lum böladiki, Suxanov «Rostex» rahbari Sergey Çemezovdan 11 million rubl pulni tovlamaçilik yöli bilan olişda ayblanmoqda.

Tergov hujjatlarida iddao qilinişiça, Suxanov bu pullarni «Tuşite svet» Telegram-kanalida Çemezov haqida salbiy xabar çiqarmaslik uçun olgan. Sudda aytilişiça, Suxanov göyoki Çemezovning vakillaridan 800 ming rubl olayotganda qölga olingan.

Rossiyadagi yangiliklarni berib boruvçi «112» Telegram-kanal işda jabrlanuvçi sifatida Vasiliy Brovko körsatilgani haqida yozdi. U «Rostex» maxsus topşiriqlari böyiça direktor va rossiyalik teleprodyuser Tina Kandelakining eri hisoblanadi. «Mediazona»ning yozişiça, Suxanov sudda jabrlanuvçidan keçirim söraşga va 800 ming rubl olganini tan olişga rozi bölgan.

Foto: VLADIMIR GERDO/TASS

Sud işidan ma’lum böladiki, Suxanov Moskvadagi «Arbat» mehmonxonasida joylaşgan Regent restoranida qölga olingan. OAVda yozilişiça, Suxanovdan taşqari «Tatler» sobiq boş muharriri Arian Romanovskiy (Kuzmin) ham qölga olingan. Uning advokati mijozi ham tovlamaçilikda ayblanayotganini tasdiqladi.