Qodirov atrofida yangi mojaro: uning öğli Qur’onni yoqqan rossiyalikni tergov qamoqxonasida kaltaklagan
|00:49 / 29.09.202345 00310 min
Çeçeniston rahbari öğli bilan faxrlanişini aytdi, rossiyaliklar esa undan norozi.
Foto: Adam Qodirovning Instagram sahifasiFoto: Adam Qodirovning Instagram sahifasi
Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov 25 sentabr kuni telegram-kanalida öz öğli Adam Qodirov Qur’oni karim nusxasini yoqişda ayblanayotgan Nikita Juravelni kaltaklagani tasvirlangan video joyladi. Qodirov videodagi öz öğli ekanini tasdiqlab, uning bu harakatlaridan faxrlanişini aytgan. Bu video ortidan Qodirov atrofida yangi mojaro avj oldi.
«Öğlim bilan faxrlanaman»
Qodirov öğli Juravelni tergov qamoqxonasida urayotgani aks etgan videoni kanaliga joylar ekan, postga quyidagi matnni ham ilova qilgan: «Tarmoqda öğlim Adam Qodirov muqaddas Qur’on kitobini yoqqan Nikita Juravelni urgani haqida mavzu muhokama qilinib, videodagi çindan Adam Qodirovmi, degan savol örtaga çiqmoqda. Noaniqlikni yomon köraman va şu sabab aniqlik kiritmoqçiman.
Ha, u çindan öğlim Adam Qodirov. Urgan va töğri qilgan. Men har qanday muqaddas yozuvlarga hurmatsizlik qiladigan, ularni yoqadiganlar jazolanişi kerak deb hisoblayman. Yurtimizda muqaddas yozuvlarni himoya qiluvçi prezident Vladimir Putin tomonidan imzolangan qonun amalda. Diniy qadriyatlar yuqori darajada himoya qilinadi. Va buni provokatorlar tortib ololmaydi.
Heç qanday mubolağasiz aytmoqçimanki, Adamning qilgan işidan faxrlanaman. U doim kattalar orasida ösişga harakat qilardi. Şu sabab ğururi, fikrlari va dinini himoya qiliş istagi ham kattalarnikidek. Uning tanlovini hurmat qilaman».
Bu post Qodirovning telegram-kanalida 1,5 million marta körilgan. U e’lon qilinişi bilan boşqa pabliklarda ham tezda tarqaldi. Rossiyada jamoatçilik Adam Qodirovning harakatlari va Çeçeniston yetakçisining gaplarini faol muhokama qilmoqda. Rus naşrlarida Qodirovning öğli tergov hibsxonasidagi Juravelni urgan bölişi mumkinligi haqida avvalroq ham xabarlar tarqalgandi. Ammo holat videosi Ramzan Qodirovning salomatligi yomonlaşgani haqidagi xabarlar fonida uning kanalida birinçi marta paydo böldi.
Kreml munosabat bildira olmadi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 25 sentabr kuni jurnalistlar bilan navbatdagi konferens-koll (telefon muloqoti şaklidagi matbuot anjumani) ötkazgan. Sözi avvalida Peskov oldindan Qodirovning öğli bilan boğliq videoni muhokama qilmasligini aytgan. Jurnalistlar buning sababini söraganda esa şunçaki, “xohlamayman”, deb javob qaytargan.
Rus naşrlari Qodirov e’lon qilgan bu videoga mamlakat yuqori martabali siyosatçilaridan heç biri munosabat bildirmaganiga e’tibor qaratgan. Çindan ham bu holat böyiça Rossiya huquq-tartibot organlari ham heç qanday iş oçmagan. Rossiyada yuqori martabali siyosatçilar orasida faqat bir kişi aynan Adam Qodirovning ismini aytib, uning qilgan işi qonunga zid bölsa, jazosini olişi lozimligini aytdi. Bu – Ramzan Qodirovning özi. Bu haqda Qodirov rossiyalik jurnalist Kseniya Sobçak bilan intervyuda aytgan.
Mavzuga oid
«Nega mening oilamga yopişib olding?»
Qodirov öğli Qur’onni yoqqan provokator Nikita Juravelni urgani aks etgan videoni e’lon qilganidan keyin rossiyalik jurnalist Kseniya Sobçak ayniqsa faol tarzda bu işni qoralab çiqdi. U öziga tegişli «Krovavaya barynya» telegram-kanalida deyarli onlayn tarzda rossiyalik siyosatçilar Qodirovga qarşi gapira olmayotgani haqida postlar joylab bordi.
25 sentabr tungi soat 02:00 ga yaqin Sobçak öz kanalida unga Ramzan Qodirov videoaloqa orqali qönğiroq qilganini yozib, buni isbotlovçi skrinşot ham e’lon qildi. Yarim soat ötib Sobçak suhbat tafsilotlarini bayon etdi.
«Demak, Qodirov bilan 40 daqiqa telefonda gaplaşdim va bu juda qiziq tajriba böldi. Nimalarni gaplaşganimizni qisqaça aytib beraman:
– Nega meni öldi deb yuribsan?
– Bunaqa deganim yöq, manbalarga tayandim xolos.
– Nega oilamga burningni tiqyapsan?
– Bunday qilganim yöq.
– Nega öğlimni muhokama qilyapsan?
– Axir özingiz videoni kanalingizga joylab u bilan faxrlanişingizni aytdingiz. Nega joyladingiz bölmasa?
– Buni yaşirişni istamayman, u yerda yaşiradigan heç narsa yöq.»
– Qilgan işi uçun uni jazoladingizmi?
– Yöq, u ajoyib yigit, özini haqiqiy erkak kabi tutgan.
Davomi yanada qiziq, diqqat qiling:
1. Biz tergov hibsxonasiga bordik. Juravel men bilan şaxsan gaplaşmoqçiligi, islomni qabul qilmoqçi ekanini aytibdi. Men esa unga şayton ekani, şunçaki jonini saqlaşga harakat qilayotgani, bunaqa musulmonlar bizga kerak emasligini aytdim.
2. Men unga heç nima qilganim yöq, qonunlarga amal qiladigan odamman axir. Kabinetdan çiqib ketganimdan keyin Adam u yerda qolibdi, buni payqamay qoldim. Keyin baqirgan ovoz eşitdim, köriqçimni ularni ajratişga yubordim. Adam mustaqil, qiziqqon yigit.
3. Adam 15 yoşda ekanini öylaganim yöq, bu esimda ham yöq. Katta öğillarim uç nafar, doim ularning yoşini adaştiraman (qöşimça qilaman: Adam Qodirov 15 yoşda, Ali 16 yoşda, Axmat 17 yoşda).
4. Agar bu tölqinni boşlagan bölsang, ertalab turib ariza yoz, piketga çiq, söz beraman, senga heç narsa bölmaydi.
5. Agar sud Adamni aybdor deb topsa, u qonunda körsatilgan jazoni oladi.
Ha, darvoqe, yana ba’zi gaplar böldi.
Qodirov menga intervyu bermasligini aytdi. U meni jurnalist emas, bloger deb hisoblarkan. Çeçenistonga esa istalgan vaqtda bemalol bora olişim mumkin, menga heç nima bölmas ekan. U haqida istalgan gapni yoziş mumkin, lekin oilasiga til tekkizmasligim kerak ekan. Bu ogohlantiriş ekanini aytdi. Qodirov şunça hudud rahbarlari turganda nega aynan u haqida yozişimni ham tuşunmasligini aytib e’tiroz bildirdi.
Suhbatimizni e’lon qilişimga ruxsat berdi, men bu haqda bir neça marta sörab oldim. Skrinşotni e’lon qilişga ham ruxsat berdi, buni ham bir neça marta sörab oldim. Tirik, dadil, [suhbat davomida] yonğoq yeb ötirdi.
Tahririyatni hozirça Rossiyadan olib çiqib ketmayman, lekin hamma xorijga çiqiş pasportlarini tayyorlab qöydi. Yöl-yölakay ariza yozaman. OAVda e’lon qilingan ma’lumot böyiça iş oçişsa, oçişdi, bölmasa özim boraman. Nima bölsa bölar», deb yozdi Sobçak.
Keyinçalik jurnalist öz kanali storisida Qodirov bilan suhbat haqida video qoldirdi: «Keça kunning birinçi qismida tahririyatda jahl va adrenalin bilan işladik. Kunning ikkinçi qismida ham bizni adrenalin tark etmadi, ammo jahl örnini qörquv egalladi. Umuman olganda, kun yakunida telefoni ekranida Ramzan Qodirovni körişni bu hammasi uyuştirilgan, heç qanday suhbat bölmagan, deydiganlargagina tilaşim mumkin. Töğrisi, ularga ham buni tilaş qiyin, çunki çindan qörqinçli böldi.
Hozir esa bu borada huquq-tartibot organlari tekşiruv boşlagani haqida ommaviy çiqiş kutyapman. Çunki IIV bu faktni rad qila olmaydi. Vaziyatni diqqat bilan kuzatib boramiz», dedi Sobçak storisdagi videoda.
Kimlar Qodirovga qarşi gapirdi?
Rossiyalik yuqori martabali siyosatçilar bu holatga munosabat bildirgani yöq. Deputatlar, faollar orasida esa Qodirovning öğli jazolanişi kerak degan rossiyaliklar böldi.
Masalan, Rossiyaning Ukrainaga bosqinini faol qöllovçi «Komsomolskaya pravda» harbiy muxbiri Aleksandr Kots öz kanalida «Qonun amalda bölgan davlatlarda Juravel qilgan jinoyati uçun qamoq körinişida jazolanadi, tergov hibsxonasidagi kabinetda kaltaklanib emas», deb yozdi. Kots Rossiya Tergov qömitasi raisi Bastrikin va Rossiya adliya vaziri Konstantin Çuyçenkoni vaziyatga munosabat bildirişga çaqirdi.
Rossiya prezidenti qoşidagi inson huquqlari böyiça kengaş a’zosi bölgan Marina Ahmedova uruşdagi iştiroki uçun Qodirovdan minnatdor ekanini unutmagan holda himoyasiz odamni urişga qarşi ekanini aytdi: «Biz örta asr feodali emasmiz», dedi u.
«Rossiya 1» telekalidagi «60 daqiqa» körsatuvi boşlovçisi, «Yedinaya Rossiya» partiyasi deputati, yanada aniqroği Olga Skabeyevaning eri Yevgeniy Popov öz kanalida qisqa qilib «Bu qonunbuzarlik. Jinoyatçilar uçun jazoni sud belgilaydi, faqat sud», deb yozdi.
Siyosatçi Abbas Gallyamovning fikriça, Qodirov bu video orqali Putin uçun jiddiy muammo tuğdirdi: «Qodirov öz yaxşi köradigan kontekstni yana örtaga taşlamoqda. Ya’ni, u istagan işini qiladi, hammaning jahli çiqadi, lekin heç kim heç nima qila olmaydi. Ammo bu işi orqali u Putinga jiddiy muammo tuğdirmoqda. Axir volgogradlik öşa bola qançalik ahmoq bölmasin millati rus. Bundan «Putin etnik ruslarni çeçenlarga yeyiş uçun berişga tayyor» degan xulosa kelib çiqadi. Bu esa uruşni qöllovçilarning aksar qismini taşkil qiladigan «rossiyalik patriotlar»ga yoqadigan narsa emas», degan u.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi