Tergovga köra, ularni «Ukraina xavfsizlik xizmati topşiriği bilan» neonatsistlar öldirmoqçi bölgan. Gumonlanuvçilar qölga olingan.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) mamlakat boş propagandaçilaridan biri Margarita Simonyan va muxolif jurnalist Kseniya Sobçakka suiqasdning oldi olinganini xabar qildi. FXX xabarida aytilişiça, bu qotilliklarni göyoki Ukraina xavfsizlik xizmati buyurtma qilgan.
Ğalati «qotil»
FXX e’lon qilgan videoda özini 18 yoşli Mixail Balaşov deb taniştirgan Rossiya fuqarosi göyoki Ukraina maxsus kuçlari unga ikki jurnalistni öldirişni buyurtma qilganiga «iqror bölgan».
«Men Mixail Balaşov, 2005 yilda tuğilganman. Moskvada yaşayman. «Paragraf-88» nomli neonatsistik guruh tuzib, unga voyaga yetmagan döstlarimni jalb qilganman. Biz taşqi körinişi slavyança bölmagan odamlarga hujum qiliş bilan şuğullanganmiz.
Ukraina maxsus kuçlari men bilan boğlanib, avvaliga rele şkaflarini (temiryöl harakatini ta’minlovçi qurilma – tarj.) portlatişni taklif etişdi. Keyin esa Margarita Simonyan va Kseniya Sobçakni öldirişni buyurtma qilişdi. Men Simonyanning yaşaş manzilini örganib razvedka qildim va buning uçun pul oldim.
Keyin menga Kalaşnikov avtomati va pul qayerda bölişini aytgan kurator bilan yozişdim. Va’da qilingan narsalarni oliş uçun borganimda [Rossiya] maxsus kuçlari tomonidan qölga olindim», degan Balaşov.
Bu «iqror»da yigit özini ğalati tutganiga köpçilik e’tibor qaratdi. Muxolif kanallar FXXning bu xabarini sahnalaştirilgan tomoşa deb ataşdi.
7 kişi qölga olingan
Moskvadagi Basmanniy rayon sudi qarori bilan uşbu iş doirasida 7 kişi qölga olingan. Ulardan 4 nafari 2005 va 2006 yillarda tuğilgan ösmirlar bölgan. Yana bir qölga olingan şaxs voyaga yetmagan. Sud xabarida aytilişiça, ularga nisbatan bezorilik böyiça iş oçilgan, suiqasd haqida esa xabarda söz bormagan. Şuningdek, millatçilik kayfiyatidagi guruh vakillari xorijlik fuqarolarga hujum qilgani aytilgan.
Har biri uçun 1,5 million rubl















