20 iyul, payşanba kuni Moskvaning Basmanniy sudi RT boş muharriri Margarita Simonyan va jurnalist Kseniya Sobçakka rejalaştirilgan «suiqasd» işi böyiça sakkizinçi ayblanuvçini hibsga oldi. TASS sud vakillariga tayanib aniqlik kiritişiça, gap bir guruh şaxslar tomonidan sodir etilgan bezorilikda ayblanib hibsga olingan voyaga yetmagan şaxs haqida ketmoqda (Jinoyat kodeksining 213-moddasi 2-qismi). U 14 sentabrgaça hibsda qoladi.
«Mediazona» naşri sud qaroriga tayanib, hibsga olingan şaxs Moskva maktablaridan birining 10-sinf öquvçisi Artem R. ekani, u 17 iyul kuni qölga olinganini yozdi. U va yana yetti kişi «osiyo millatiga mansub kişilarni bezorilik niyatida kaltaklaganlikda» ayblanmoqda.
«Mediazona» xabariga köra, himoyaçi öquvçini tergov izolyatoriga jönatmaslikni söragan, çunki u ikkinçi guruh nogironi bölgan buvisiga qaragan va tergov bilan hamkorlik qilişga tayyor. Biroq, sudning fikriça, yigit ozodlikda «jinoyatda noma’lum şeriklar bilan aloqada bölişi», dalillarni soxtalaştirişi yoki yaşirinişi mumkin.
15 iyul kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati «Margarita Simonyan va Kseniya Sobçakka suiqasd uyuştiriş»ning oldini olgani haqida xabar berdi. Maxsus xizmat ma’lumotlariga köra, qotillikni «Simonyan va Sobçakning iş va yaşaş manzillarida razvedka olib borgan «Paragraf-88» guruhining neonatsistlari» tayyorlagan.
Şu kuni Moskva Basmanniy sudi yetti nafar gumonlanuvçini hibsga oldi. Ulardan tört nafari voyaga yetmaganlar, deya ma’lum qildi sud. Şu bilan birga, press-relizda yoşlar Simonyan va Sobçakka «suiqasd uyuştiriş»ga tayyorgarlik köriş bilan boğliq holda qölga olingani eslatilmagan. Tergov ma’lumotlariga köra, sudlanuvçilar «milliy nafratdan kelib çiqqan holda bezorilik niyatida, uyuşgan guruh tarkibida çet el fuqarolariga öziga xos beadablik bilan hujum qilgan».
RT kanali özini «Paragraf-88» guruhi asosçisi deb atagan 18 yoşli Mixail Balaşovning söroqqa tutilgan videosini e’lon qildi. Uning sözlariga köra, u va döstlari «slavyan bölmagan körinişdagi şaxslarga» hujum qilgan, şundan söng u bilan «Ukraina maxsus xizmatlari boğlangan».
«Avvaliga bizga rele şkaflarini yoqişni taklif qilişdi. Keyinroq Margarita Simonyan va Kseniya Sobçakni buyurtma asosida öldiriş taklif etildi. Men Margarita Simonyanning yaşaş joyini közdan keçirdim, buning uçun pul oldim. Şundan söng kurator bilan boğlandim, u menga Kalaşnikov avtomati va pul qoldirişi kerak edi. Qurol joylaşgan joyga kelganimda maxsus xizmat xodimlari tomonidan uşlandim», - deydi Balaşov videoda.













