«Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilişi kerak».

Mamlakatimizda davlat va xöjalik boşqaruvi organlari tomonidan fuqarolar murojaatlarini öz vaqtida, töliq hamda beğaraz örganiş va ular yuzasidan qonuniy çoralar körişda ana şu tamoyil ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Xalq bilan oçiq hamda samarali muloqot olib boriş, joylarda aholini öylantirayotgan dolzarb masalalarni hal qiliş ular faoliyati mezoniga aylanayotgani bugun ijtimoiy hayotimizning barça jabhasida sezilarli özgarişlarga turtki beryapti.

«Ijtimoiy fikr» jamoatçilik fikrini örganiş markazi tomonidan davlat hokimiyati va xöjalik boşqaruvi organlarining ­fuqarolar murojaatlari bilan işlaşini yilning har çoragida monitoring etib boriş doirasida ötkazilgan navbatdagi tadqiqot buni yana bir karra isbotladi. Bu gal markaz mutaxassislari hududlardagi 2 mingta xonadonga taşrif buyurib, aholi keng qatlami vakillarining ayni yönalişdagi fikr-mulohazalarini, munosabatini yaqindan örgandi.

Yurtimizning barça hududida turli yoşdagi hamda turli millatga mansub fuqarolar şuni ta'kidladilarki, davlatimiz ­rahbari tomonidan asos solingan ­fuqarolar bilan muloqot qilişning yangi tizimi, «Xalq qabulxonalari», «Virtual qabulxona» ins­titutlari inson huquqlarini muhofaza etiş, jamiyatda qonun ­ustuvorligini ta'minlaş, odamlarning ijtimoiy adolatga işonçini oşirişda muhim örin ­tutmoqda.

Tadqiqotning körsatişiça, davlat hokimiyati va xöjalik boşqaruvi organlariga öz huquq hamda qonuniy manfaatlarini talab qilib murojaat etişda şaharliklar qişloq aholisiga qaraganda faoldir. Qiziği, ayollarimiz murojaat qiliş bilan boğliq kons­titutsiyaviy huquqidan erkaklarga nisbatan keng foydalanmoqdalar. Sönggi paytlarda pensionerlarning, davlat va nodavlat muassasalari, taşkilotlar xodimlari, tadbirkorlar murojaatlari sonida ham ösiş kuzatilyapti. Hududiy kesimda Sirdaryo (44 foiz), Andijon (35,6 foiz), Farğona (33,8 foiz), Navoiy (32,2 foiz) viloyatlari hamda Qoraqalpoğiston aholisi bu ­borada yetakçilik qilmoqda.

Fuqarolarni qanday masalalar öylantiryapti?

Ijtimoiy sörovda iştirok etganlarning qariyb yarmi öz huquq va manfaatlari yölida turli darajadagi hokimliklarga muro­jaat qilgan. Har uçinçi respondent ­tegişli masala böyiça mahalla fuqarolar yiğini yoki tuman (şahar)dagi Xalq qabulxonalaridan yordam söragan. Fuqarolarning 8,2 foizi sud, huquqni muhofaza etiş hamda nazorat organlariga murojaat yöllagan.

Tahlillarga köra, 21 — 39 yoşdagi kişilar köpinça özlarini taşvişlantirayotgan muammoga çora topiş uçun mahalla fuqarolar yiğini madadiga umid qilgan bölsa, örta va keksa yoşdagi respondentlar har qanday masalada töğridan-töğri mahalliy hokimliklarga uçragan.