«Ijtimoiy fikr» respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazi tomonidan özbekistonliklarning COVID-19’ga qarşi emlaniş borasidagi fikrlari yuzasidan sotsiologik tadqiqot ötkazildi. Sörovda barça hududlardagi erkaklar va xotin-qizlar, yoşlar va katta yoşdagilar, şahar va qişloq joylarida yaşovçi fuqarolar iştirok etgan. Lekin markaz sörovda qança respondent iştirok etganini oçiqlamagan.

Ma'lum qilinişiça, telefon orqali ötkazilgan sörov mamlakat fuqarolarining 53,2 foizi koronavirus infeksiyasiga qarşi emlanişga tayyorligini körsatgan. Söralganlarning uçdan bir qismidan köproği - 36,5 foizi emlanişdan boş tortmoqda. Sörovning har öninçi iştirokçisi esa javob berişga qiynalişini aytgan.

Şuningdek, sörov natijalariga köra, emlanişga tayyorlik mamlakatning erkak aholisi orasida 17,4 foizga yuqori bölib, 60,7 foizni taşkil etadi. Ayollar orasida emlaşga tayyorlar va COVID-19ga qarşi emlanişni istamaydiganlar foizi taxminan bir xil: 43,3 foiz kişi emlaşni istaydi, 45,2 foizi istamaydi.

Yoş kesimi koronavirus infeksiyasiga qarşi emlanişga tayyorlikning eng yuqori körsatkiçi 45-54 yoşdagi fuqarolar orasida aniqlanganini körsatdi. Emlaniş borasida bir qarorga kelmagan fuqarolarning eng yuqori darajasi 18 yoşdan 24 yoşgaça bölgan yoşlar orasida aniqlandi va 28,4 foizni taşkil qildi.

«Siz qança vaqt içida COVID-19ga qarşi emlanmoqçisiz?» degan savolga javob berişda 37,1 foiz respondent kelayotgan haftada emlanişga tayyorligini bildirişdi. 25,7 foiz kişining fikriga köra, ular bir oy içida emlanişni boşlaşlari mumkin. Har öninçi respondent (11,3 foiz), poliklinikaga çaqirilgan taqdirda emlanişga tayyorligini bildirgan. Fuqarolarning kiçik foizi (1,6 foizi) emlanişni uzoqroq muddatga keçiktiradi. Har beşinçi respondent emlanişga tayyor böladigan vaqt haqidagi savolga javob berişga qiynaldi.

Tadqiqotda fuqarolarning emlanişdan boş tortiş sabablari ham aks etgan.

Ma'lum qilinişiça, qatnaşçilarning 35,9 foizi vaksinaning ehtimoliy nojöya ta'sirlariga duç kelmaslik uçun emlanişni rad etgan. 34,2 foiz fuqarolar koronavirus infeksiyasiga qarşi emlanişga zarurat körişmayapti va COVID-19ga çalinişi mumkinligiga işonişmaydi.

Yana 16 foiz iştirokçilar vaksinaning koronavirusdan samarali himoya qilişiga şubhalanişini ta'kidlagan va 8,6 foiz respondentlar esa emlanişni samarasiz, deb hisoblaşini bildirgan.

Şuningdek, tadqiqotda telefon orqali sörov ötkaziş vaqtida emlaniş kerakmi yoki yöqligi borasida aniq pozitsiyaga ega bölmagan guruh ham aniqlangan.