Kuz faslida Özbekiston hukumati katta özgarişlar sari yuz burmoqda, xususan valyuta erkin konvertatsiyasidan boşlab, ayrim tovar va mahsulotlarga qöyilgan aksiz soliqlar, boj tölovlarini pasaytirişi şu sirasidan. Kun.uz kuz faslida yuz bergan jarayonlar içida eng diqqatga sazovor beşta iqtisodiy özgarişlarni sarhisob qildi.

1. Valyuta erkin konvertatsiya amaliyoti

Foto: Kun.uz

Heç şubhasiz, uşbu amaliyotning joriy etilişi mamlakatda iqtisodiy hayotni birmunça yangiladi. Endilikda bank filiallariga murojaat qilgan har qanday şaxs erkin valyutani ayirboşlaş huquqidan foydalana oladi. Ammo, hozirgaça naqd pul körinişida xorijiy valyutani sotib oliş böyiça rasmiy bayonot berilmagan. 

Reuters naşrining öz manbasiga tayanib bergan xabarida, bu amaliyot 1 oktabrdan bölişi közda tutilgandi. Keyinroq, xorijiy valyutani naqd pul körinişida bank filiallaridan sotib oliş 10 oktabrdan boşlanişi ma'lum qilingandi. Şunga qaramay, 5-12 sentabrning özida aholi 200 milliondan ortiq AQŞ dollarni bankda söm valyutasiga ayirboşlagan. Yuridik şaxslar esa 100 million dollarni almaştirgani qayd etilmoqda.

2. Xalqaro pul ötkazmalarini sömda amalga oşiriş mumkin

Foto: Kun.uz

1 oktabrdan boşlab Qozoğiston, Rossiya, Qirğiziston, Ukraina, Belarus, Moldova, Ozarboyjon va Armanistonga pul ötkazmalarni sömda yuboriş mumkin, deb bayonot bergan «Özbekiston poçtasi» AJ rahbariyati. Pul ötkazmasi amalga oşirilgan kundagi Markaziy Bank belgilagan valyuta ayirboşlaş stavkasi böyiça konvertatsiya amalga oşiriladi.

3. Yevropa investitsiya banki Özbekistonda iş boşladi

Foto: Alamy

Özbekiston Respublikasi va Yevropa investitsiya banki vakillari Vaşington şahrida moliyaviy va texnik yordam körsatiş maqsadida Özbekistonda taşkil etilayotgan YeIB faoliyatiga oid bir neçta hujjatlar imzoladi. Şuningdek, Özbekiston hukumati Jahon Bankidan 1 milliard AQŞ dollari miqdorida moliyaviy kömak olişni rejalaştirmoqda.