Yaponiyaning Liberal-demokratik partiyasi va Komeyto partiyasi tuzgan koalitsiya 22 oktabrda Yaponiyadagi parlamentning quyi palatasiga saylovlarda deputatlik mandatlarining uçdan ikkisini qölga kiritib, konstitutsiyaviy köpçilikni ta'minladi.
Yaponiya vaqti bilan 23 oktabr soat 01.20ga köra, Liberal-demokratik partiya quyi palatadagi 465 örindan 281 tasini olgan. Uning koalitsiya böyiça hamkori bölgan Komeyto partiyasi 29 ta örin olgan.
Mamlakat konstitutsiyasiga özgatiriş kiritiş uçun ikki palataning umumiy deputatlarining uçdan ikki qismi qarori zarur, şundan keyin savol referendumga qöyiladi.
Saylovlarda şuningdek sentabr oxirida taşkil etilgan "Umid partiyasi" 49 ta örin, "Konstitutsiyaviy demokratik partiya" 51 ta örin olgan.
Saylovlar mahalliy vaqt bilan soat 07.00da 47,74 mingta saylov uçastkasida boşlangan. Bir qator hududlarda saylov uçastkalari mamlakatga yaqinlaşayotgan "Lan töfoni sababli soat 16.00da yopilgan.
Parlament quyi palatasidagi 465 öringa hammasi bölib 1180 nomzod da'vogarlik qilgan.
Parlament quyi palatasiga saylovlarda ilk bor 18 yoşli fuqarolar ham iştirok etdilar. Avval saylovlarda iştirok etişga 20 yoşdan boşlab ruxsat berilgan.












