Chevrolet Camaro avtomobili amerikalik haydovçilar fikriça, eng işonçsiz maşinalar reytingida yetakçidir. Röyxat Consumer Reports portali tomonidan 640 mingdan ortiq avtomobil egalarini sörovdan ötkaziş asosida tuzildi.

Chevrolet Camaro amerikaliklarni transmissiya bilan boğliq muammolar, elektrika va uzatma tufayli qanoatlantirmaydi. Reytingdagi ikkinçi örinni Mercedes-Benz GLC egalladi, uning egalari töxtatiş tizimi, rul boşqaruvidagi muammolarga köp duç kelişadi. Uçinçi poğonadan esa Jaguar F-Pace joy oldi. Unda transmissiya va elektrikada köplab nosozliklar yuz beradi, şuningdek, salonda şovqin juda kuçli.
Eng işonçsiz bölgan avtomobillar orasida Tesla Model X elektr krossoveri ham bor bölib, uning zaif jihatlari böyoq, turli bezaklar, iqlim tizimi va kuzov elementlari sanaladi.
Bundan taşqari, “antireyting” öntaligidan GMC Acadia yöltanlamasi, Fiat 500 xetçbeki, Ford Focus va Ford Fiesta, şuningdek Volvo XC90 hamda Cadillac Escalade joy olgan.
















