Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yilning eng yaxshi darvozaboni FIFA tomonidan taqdirlandi

Londonda «The Best FIFA Football Awards 2017» - yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi davom etmoqda.
«Yuventus» darvozaboni Janluiji Buffon FIFA talqiniga ko‘ra, 2017 yilning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.
39 yoshli futbolchi The Best sovrini uchun kurashda Keylor Navas («Real») va Manuel Noyyerni («Bavariya») ortda qoldirdi.
«Shu yoshga kirib, bunday sovrinni qo‘lga kiritganimdan baxtiyorman. Futboldagi faoliyatimni fantastik yutuq bilan yakunlashni istayman», — dedi Buffon sovrinni qabul qilib olganidan so‘ng.
O‘tgan mavsumda Buffon «Yuventus» bilan Italiya chempionati va kubogida g‘alaba qozondi. Shuningdek, Chempionlar ligasi finaligacha yetib kelgan edi.
Mavzuga oid
16:34 / 12.06.2026
«Dunyoni biz boshqarmaymiz» – Infantino arbitr Artan AQShga kiritilmaganiga munosabat bildirdi
21:30 / 10.06.2026
Amerikada tarixdagi eng qimmat jahon chempionati boshlanmoqda - barchasi muxlislar puli hisobiga
10:10 / 09.06.2026
Jahon chempionati hakami AQShga kiritilmadi
20:05 / 28.05.2026