Zamonaviy dunyoning katta qismi shartnoma bo‘yicha armiyaga o‘tib bo‘ldi. Va bu juda mantiqiy: armiya haqiqiy mutaxassislarni tayyorlash bilan shug‘ullanishi kerak, ularga esa o‘z ishlari chindan ham yoqishi lozim. Xizmatga har kimni majburiy ravishda jalb etishdan ma'no nima? Shartnoma bo‘yicha armiya - rivojlangan mamlakatning o‘ziga xos ko‘rsatkichi. Agarda biz chaqiriq hamon mavjud bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga nazar tashlasak, ularning aksariyati «Uchinchi dunyo» deb ataluvchi mamlakatlarga tegishli ekanini bilib olamiz.
Avstraliya

Chaqiriq: ixtiyoriy asosda
G‘alati, dunyoning eng tinch qit'alaridan birida faqatgina 1972 yil dekabr oyida chaqiruv bekor qilingan. Avstraliyada hozir harbiy xizmat juda obro‘li va yaxshi haq to‘lanadi.
Avstriya

Chaqiriq: 6 oy
Mamlakatning har bir fuqarosi armiyada olti oyni o‘tkazishga majbur. Biroq, agar xohlasangiz, muqobil variantni ham tanlashingiz mumkin - bu holda, vatan manfaati uchun to‘qqiz oy davomida ishlash kerak bo‘ladi.
Angola

Chaqiriq: 2 yil
Bu yerda urush qilishni unchalik bilishmaydi, lekin buni yaxshi ko‘rishadi. Aniqrog‘i, armiyani sevishga majburlashadi: siz istamasangiz ham mamlakatga ikki yil vaqtingizni berishingiz kerak. Bundan tashqari, yarim yillik majburiy tayyorgarlik kurslari ham mavjud bo‘lib, u xizmatning umumiy muddatiga kiritilmaydi.
Bermud orollari

Chaqiriq: 38 oy
Ehtimol, Bermud orollarida armiyani shakllantirishning eng g‘alati usullaridan biri foydalaniladi. Bu yerda milliy lotereya deb ataladigan narsa bo‘yicha chaqiriq amalga oshiriladi, uning qarorini esa sudda shubha ostiga olish ham mumkin. Xizmat uch yil davom etadi, biroq dam olish kunlari va bayramlarda askarlar uyga ketishlari mumkin.






















