Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston bosh vaziri Jumaqodirovning o‘limidan keyin bo‘sh qolgan o‘ringa nomzod tavsiya etdi
Foto: RIA "Novosti"
Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isoqov Talas viloyati gubernatori Dair Kenekeyevni bosh vazirning kuch blokiga javob beruvchi o‘rinbosari lavozimiga nomzod qilib ko‘rsatdi, deya xabar berdi RIA Novosti respublika hukumati devonidagi manbaga asosan.
Qirg‘iziston hukumati boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimi oktabr oyi boshida 38 yoshli bosh vazir o‘rinbosari Temir Jumaqodirov halok bo‘lganidan so‘ng bo‘sh turgandi. Jumaqodirov, uning haydovchisi va yordamchisi bo‘lgan Toyota Land Cruiser yo‘ltanlamasi «KAMAZ» bilan to‘qnashib ketgan. Yo‘ltanlamasda bo‘lganlarning barchasi voqea joyida hayotdan ko‘z yumdilar.
"Bosh vazir Dair Kenekeyev nomzodini bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tavsiya etdi", - deya xabar bergan agentlik suhbatdoshi.
44 yoshli Kenekeyev Novosibirsk agrar kolleji, Qirg‘iziston diplomatiya hamda xalqaro huquq Xalqaro universiteti Oliy maktabini tamomlagan. Ayni damda u respublika Talas viloyati hukumatining (gubernator) vakolatli vakili hisoblanadi.
Qirg‘iziston qonunchiligiga ko‘ra, hukumat parlamentni bosh vazir taqdimnomasiga ko‘ra shakllantiradi.
Mavzuga oid
14:22 / 17.12.2025
Qirg‘izistonda ta’lim vaziri mast holda mashina boshqarib qo‘lga tushdi
17:58 / 16.12.2025
«Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temir yo‘lini moliyalashtirish miqdori taqsimlandi
23:01 / 15.12.2025
Qozog‘iston O‘zbekistonga neft tranzitini qayta tikladi
12:51 / 15.12.2025