Qish va bahor oylarida ichki bozorda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarida uzilish bo‘lmaydi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2018 yillar qish-bahor faslida respublika aholisini va ijtimoiy soha muassasalarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlari bilan kafolatli ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3345-sonli qarori qabul qilindi.
Qaror matniga ko‘ra, u respublika hududlari bo‘yicha aholi va ijtimoiy soha muassasalarining ehtiyojlari uchun qish-bahor faslida qishloq xujaligi mahsulotlarining asosiy turlarini g‘amlab qo‘yish ishlarini samarali tashkil etish, tayyorlov tashkilotlarining ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bilan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida o‘tkazish, omborxonalarni va sovutish sig‘imlarini ko‘paytirish hisobiga ularning iste'mol xossalarini saqlanishi uchun zarur sharoitlar yaratish, shuningdek, mavsumlar o‘rtasida qish-bahor oylari mobaynida ichki bozorga mahsulotni zarur hajmlarda, muntazam, bir maromda yetkazib berish hisobiga narxlarning barqarorligini saqlab turish maqsadida qabul qilingan.
Qarorda 2017–2018 yillar qish-bahor faslida respublika aholisini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta'minlashning asosiy prognoz parametrlari tasdiqlangan.
Shuningdek, aniqlangan taqchillikni qoplash manbalari, byudjyet mablag‘larining talab-ehtiyojlarining prognoz parametrlari, g‘amlash ishlariga jalb etilgan tayyorlov korxonalarining omborxona va sovutish sig‘imlari bilan ta'minlanganligi parametrlari ma'qullangan.
2017–2018 yillar qish-bahor faslida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini ichki bozor va ijtimoiy soha muassasalari ehtiyojlari uchun g‘amlash, shuningdek, sotish uchun yetkazib berish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tarkibi tasdiqlangan.
Mavzuga oid
20:46 / 07.11.2024
Prezident 10 ta sel suv ombori qurish ishlarini boshlashni buyurdi
19:07 / 07.11.2024
2025 yilda kanallarni betonlashtirishga 800 milliard so‘m ajratiladi
18:21 / 07.11.2024
Prezident suv ta’minoti og‘ir tumanlarda sug‘orishni «aqlli tizimga» o‘tkazishni buyurdi
20:28 / 01.11.2024