Indoneziyada naşr qilinadigan oylik "LIFESTYLE" jurnali oktabr sonida Özbekiston turizm imkoniyatlari, urf-odatlari va tarixiy şaharlariga bağişlangan maqola naşr qilindi. Bu haqda Uzbektourism axborot xizmati xabar bergan.

Uşbu nufuzli jurnalning 3 xodimi joriy yilning iyul oyida Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan taşkil etilgan Indoneziya va Malayziya sayyohlari uçun boşlangan «Ziyorat tur» charter reysi orqali yurtimizda mehmon bölişgan edi. Ularning safar taassurotlari va fotomateriallari ana şu maqolada aks etgan.

“LIFESTYLE” jurnali Indoneziyaning özida 50000 nusxada çop etilibgina qolmay, Malayziyada 48000, Singapurda 17 ming va Honkongda 20000dan ortiq nusxada çiqariladi. Jurnal asosan katta tijorat kompaniyalari, turizm taşkilotlari va ofislar orasida doimiy obuna taşkil etilgan. E'tiborli tarafi şundaki, u Indoneziyaning milliy aviakompaniyasi GARUDA Indonesia samolyot bortida ham joylaştiriladi.